Rossiya raketalar boʻyicha bitimdan chiqdi

606
0

Rossiya raketalar boʻyicha bitimdan chiqdi

 Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva tomonidan Oʻrta va kichik masofadagi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi bitim bajarilishini toʻxtatishga doir farmonni imzoladi. Bu haqda RIA “Novosti” Kreml matbuot xizmatiga tayanib xabar qilmoqda.

 Rossiya tomoni, hujjat matniga koʻra, “Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan mazkur bitim boʻyicha buzilgan majburiyatlar tiklanmaguncha yoki uning amal qilishi bekor qilinmaguncha” Oʻrta va kichik masofadagi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi bitimni bajarishni toʻxtatadi.

 Xuddi shu farmon bilan Putin Tashqi ishlar vazirligiga bitim ishtirokchilarini, yaʼni AQShni, bitimning bajarilishi toʻxtatilishi toʻgʻrisida xabardor etish boʻyicha topshiriq berdi.

 Joriy yilning 2 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF Oʻrta va kichik masofadagi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi bitimda ishtirok etishni toʻxtatishi haqida maʼlum qilgandi.

 AQSh va NATO Rossiyani Oʻrta va kichik masofadagi raketalar toʻgʻrisidagi bitimni buzganlikda ayblamoqda – 9M729 raketa tizimi uning shartlariga zid ekani aytiladi. Rossiyaning iddao etishicha, ushbu raketa masofasi 500 kilometrdan oshmaydi, bitim shartlari esa buzilmagan. 4 dekabrь kuni AQSh agar Rossiya 60 kun ichida uni bajarishga qaytmasa, bitimdan chiqishi haqida maʼlum qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.