Rossiyalik qoʻmondon Oʻzbekistonga keldi

542
0

Rossiyalik qoʻmondon Oʻzbekistonga keldi

 Oʻzbekiston mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshligʻi general-mayor Pavel Ergashev Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

 Rossiya Qurolli kuchlari delegatsiyasi Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurib, oliy harbiy taʼlim muassasasasi tarixi va faoliyati, shuningdek, qoʻmondonlik va shtab boʻgʻinida harbiy kadrlarni tayyorlash sohasida yangicha yondashuvlar bilan tanishdi. Lapin Rossiya armiyasining Yaqin Sharqdagi jangovar harakatlari haqida maʼruza oʻqib, Akademiya shaxsiy tarkibi bilan tajribalarini boʻlishdi.

 Aleksandr Lapin Oʻzbekiston Rossiyaning strategik hamkori hamda Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikning kafolati ekanligini bildirdi.

Shuningdek, tomonlar ikki davlat mudofaa idoralarining hamkorligi hamda uni rivojlantirish istiqbollari, harbiy-taʼlim yoʻnalishida oʻzaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash muhokama qilindi.

 2017 yilning oktyabrida “Forish” togʻ poligonida ikki mamlakat oʻrtasida harbiy hamkorlik hamda Rossiya – Oʻzbekiston qoʻshma harbiy mashgʻulotlari ham eslab oʻtildi, unda Rossiya Markaziy harbiy okrugiga qarashli togʻ-oʻqchi boʻlinmalarini jalb etilgandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.