Anqara bilan Vashington o‘rtasida qo‘shma operativ (tez harakatga keluvchi) kuchlar tashkil etildi

0
541

Anqara bilan Vashington o‘rtasida qo‘shma operativ (tez harakatga keluvchi) kuchlar tashkil etildi

Rusiyal Yavm veb-sayti hijriy 1440 yil 2 jumodus-soniy, milodiy 2019 yil 7 fevralda nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Suriya hududidan AQSh kuchlarini olib chiqishni muvofiqlashtirish maqsadida Anqara bilan Vashington o‘rtasida qo‘shma operativ kuchlar tuzilganini ma’lum qildi.

Mavlud Chovusho‘g‘lining bu bayonoti uning Vashingtonda bergan matbuot bayonotida yangradi. U IShID terrorchi tashkilotiga qarshi kurash uchun tashkil qilingan xalqaro koalitsiyasiga a’zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida qatnashish uchun Amerikaga borgan edi».

Roya gazetasi sharhi:

AQSh-Turkiya o‘rtasidagi siyosiy va harbiy hamkorlikdan ajablanishga hojat yo‘q. Chunki Turkiya Amerika chizib bergan chegaradan chiqmaydigan, uning Suriyadagi siyosati bo‘yicha shaxdam qadam tashlayotgan davlatdir. Suriya sharqidan Amerika kuchlarini olib chiqib ketish to‘g‘risidagi gaplar esa, rol almashuvini anglatadi. Ya’ni, Amerika Suriyadagi ba’zi hududlarni Turkiyaga topshirish orqali, ayni hududlarni qonxo‘r rejim qo‘liga qaytarishni istamoqda, xuddi ilgari Halabni qaytargani kabi.

AQSh va uning tobelari bilib qo‘ysin: Shom ahli o‘z so‘zlarini aytib bo‘lgan. Ular maqsadlaridan hargiz qaytmaydilar. Chunki bu maqsadlari yo‘lida ulkan qurbonlik berdilar, u ham bo‘lsa, qonxo‘r rejimni to‘lig‘icha ag‘darish va uning xarobalari uzra Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish maqsadidir.

يُرِيدُونَ لِيُطْفِئُوا نُورَ اللَّهِ بِأَفْوَاهِهِمْ وَاللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

«Ular Allohning nurini (ya’ni Islomni) og‘izlari (ya’ni behuda gaplari) bilan o‘chirmoqchi bo‘lurlar. Alloh esa, garchi kofirlar istamasalar-da, O‘z nurini (ya’ni dinini) to‘la yoyguvchidir» [Saf 8]

Roya gazetasining 2019 yil 13 fevral chorshanba kungi 221-sonidan

Izohlar yo'q