Bellingcat: Italiya Turkmanistonga 257 mln yevrolik qurol-aslaha sotdi
Turkmanistfon Yevropa Ittifoqi davlatlaridan katta miqdorda qurol-yaroq sotib oladi.Bellingcat, guruhi tadqiqotiga koʻra, bu qurollarning eng koʻp qismini Italiyadan oladi.
2008 yili YEI davlatlari tomonidan qabul qilingan qarorga binoan agressivmamlakatlarga qurol sotilmaydi. Bundan tashqari Italiya qonunchiligiga muvofiq halqaro inson huquqlarini himoya qilish Konvensiyasida aybdor deb topilgan davlatlar uchun qurol-yaroq eksporti man qilinadi. Bu ikki hujjat Turkmanistonga ham taaluqlidir, zero Turkman hukumati tomonidan siyosiy harakatlar va din erkinligiga qatʼiy cheklovlar qoʻyilgan boʻlib, fuqarolarining bu toʻgʻrida maʼlumotga ega boʻlishlari qattiq nazorat ostiga olingan.
YEI bergan yillik bayonota koʻra, Turkmaniston 2007 yildan to 2017 yilga qadar ittifoqga aʼzo mamlakatlardan 370 million yevro miqdorida qurol sotib olgan. Buqurollarning 76 foizini Italiya yetkazib bergan. Qayd oʻtish joizki, YEI oʻzlarining qurol eskporti xususidagi maʼlumotini oshkoro nashrga chiqaradi. Biroq Italiya hukumati bu toʻgʻridagi maʼlumotlarni pinhon tutadi va qurol eksportining yillik koʻrsatgichi noaniqligichaqoladi. YEI davlatlari koʻproq ARX-160 rusumli qoʻshogʻiz miltiq eksport qilganligini 2018 yili sentyabr oyida Turkmanistonda boʻlib oʻtgan harbiy paradda kuzatish mumkin edi. Turkmaniston hukumati umumiy miqdorda 2017 yilning oʻzida 528 ming yevrolikqurol-aslaha sotib olgan.