Hizb ut-Tahrir – Indoneziyaning Sharqiy Turkistondagi uygʻur musulmonlarni qoʻllab-quvvatlash tadbirlari

584
0

Hizb ut-Tahrir – Indoneziyaning Sharqiy Turkistondagi uygʻur musulmonlarni qoʻllab-quvvatlash tadbirlari

2018 yil 26 dekabr chorshanba kuni Jakartadagi “Gedung Joang 45 Menteng” manzilida joylashgan “Tabloid Newspapers” media muassasasi bilan ommaviy ommaviy muloqot boʻlib oʻtdi. Muloqotda Hizb ut-Tahrir – Indoneziya aʼzosi ustoz Rahmat. S. Labib – musulmonlarning yagona yetakchiligi boʻlsagina uygʻur musulmonlari masalasi hal boʻlishini taʼkidlar ekan, jumladan, bunday dedi: “Shubhasiz, uygʻur musulmonlarining barcha muammolari yechimi, barchamizning birgalikda harakatga kelishimizga bogʻliq. Islom Ummatini Xalifalik davlati soyasida birlashtiruvchi yetakchilik kerak. Bugun uygʻur musulmonlari yordamga chaqirmoqdalar. Xoʻsh, qani musulmonlar hukmdorlari ularga yordam berishyaptimi?”.

Xitoyning Jakartadagi elchixonasi oldida 2018 yil 21 dekabrda oʻtkazilgan namoyishda ham ustoz Rahmat. S. Labib musulmonlarning bitta Ummat ekanliklari, qachon uygʻur musulmon aka-ukalarimiz tazyiq va ozorlarga uchrasalar, qolgan musulmonlar ular uchun gʻazablanmoqlari va ularga yordamga shoshilmoqlari kerakligi toʻgʻrisida gapirib, jumladan bunday degan edi: “Musulmonlar yagona Ummatdirlar. Ularni yagona din birlashtirib turadi. Biz uygʻur birodarlarimizning qiynoq va ozorlarga duchor boʻlayotganini koʻrsak, bunga qattiq gʻazablanishimiz lozim”, dedi.

Rahmat Labib shuningdek, musulmonlarni boshqa bir musulmon birodarlari yordamga chaqirsa – barchalari bir tanu bir jon boʻlganlari sababli – zudlik bilan ularga yordamga otlanishni Islom farz qilganini taʼkidladi.

U kishi oʻz soʻzini “Odamlar musulmonlarning bitta Ummat ekanliklarini, agar ular oʻz davlatlari boʻlmish Xalifalik davlatini barpo etsalar, kuchli-aziz boʻlishlarini anglab yetmoqlari zarur”, deya tamomladi.

Roya gazetasining 2018 yil 16yanvar chorshanba kungi 217-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.