“Xitoy bosqinchiligiga qarshimiz” nomli aksiya Qirg‘iz hukumatiga jiddiy muammolar tug‘dira boshladi

0
731

“Xitoy bosqinchiligiga qarshimiz” nomli aksiya Qirg‘iz hukumatiga jiddiy muammolar tug‘dira boshladi

Qirg‘izistonning Xitoydagi sobiq elchisi Marat Saralinov “Vechernыy bishkek” gazetasiga bergan intervyusida, Bishkekda davom etayotgan Xitoyga qarshi norozilik harakatlari, Pekin-Bishkek aloqalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirdi. Uning ortidan Qirg‘iziston prezidenti bayonot berib “Xitoyga biz rahmat aytishimiz kerak. Vaziyatni loyqalashtirmoqchi bo‘layotganlar kim ekanini biz yaxshi bilamiz, ular nazoratimiz ostida” dedi.

“Xitoy bosqinchiligiga qarshimiz” nomli aksiya, Xitoy yoki boshqa davlatlar bilan iqtisodiy yo siyosiy sohada tuzilgan kelishuvlarga qarshi boshlangan emas! Balki, Xitoy hukumati Sharqiy Turkistonda Uyg‘ur va yana boshqa kam sonli millat vakillaridan iborat millionlagan musulmon birodarlarimizga nisbatan ommaviy zulmni kuchaytirib, insoniylik chegaralaridan chiqib borayotgani uchun, unga qarshi norozilik aksiyasi sifatida boshlangan edi.

Aslida, Xitoy millati Sharqiy Turkistonga ham, musulmonlarning nochor ahvolidan foydalanib, avval oddiy ishchi va savdogar sifatida kirib kela boshlagan hamda o‘zlarining o‘ta itoatkor, mehnatkash, tadbirkor sifatlari bilan mahalliy musulmonlarning ishonchini qozonishgan. Xitoy hukumati ham umumiy strotegiyalariga ko‘ra, Uyg‘ur yetakchi guruhini xoin yetakchilarga almashtirib, Xitoy millati uchun qulayliklar yaratib berdi. Ammo u yerdagi Islomiy muhit Xitoyning dahriylikka asoslangan kommunistik mafkurasi kirib kelayotganini ko‘ra-bila turib, unda dinlari uchun xavf borligini anglay olishmadi! Aksincha ular (dahriy tuzum) tomoniga o‘tib, mafkuraviy yoki boshqa har qanday islomiy harakatlarga qarshi kurasha boshlashdi.

Natijada vaqtlar o‘tishi bilan, Islomiy xalqdagi “kufrga qarshi islomiy immunitet” zaiflashib so‘nib boraverdi! Oxir oqibat Xitoy, bugun ko‘rib turganimizdek, o‘zining haqiqiy maqsadini namoyon qildi. Millionlagan musulmon birodarlarimiz xo‘rlab, muslima opa-singillarimizning nomusiga tajovuz qilmoqda. Qirg‘iziston singari zaif davlatlar o‘z taqdirlarini ishonib topshirgan xalqaro siyosat, xalqaro tashkilotlar va boshqaruv sistemasi esa, Xitoy repressiyasiga zarracha ham ta’sir ko‘rsata olmayapti.

Biz shu faktlarga tayanib, Xitoy o‘z fuqorolarini xuddi ilgari Sharqiy Turkistonga olib kirganidek, Qirg‘izistonga ham olib kirib, mustamlaka qilish quroli sifatida foydalanayotganidan Qirg‘iz fuqorolarini ogohlantirdik. Shuningdek, ummatga o‘zining zimmasidagi birodarlik masuliyatini eslatib, musulmonlarga bo‘layotgan zulmga qarshi harakat qilishga chaqirdik.

Takror aytaman: Bosqinchilikka qarshi kurash, iqtisodiy manfaatlarga qarshi kurash turkumidan emas. Balki bu – iqtisodiy zaifligimizdan foydalangan holda iqtisodiy manfaatlarni o‘ziga qurol qilib, mamlakatlarni qarzga botirish yo‘li bilan bosqinchilikni maqsad qilib kirib kelayotgan Xitoy agressiyasiyasiga qarshi fikriy kurashdir! Payg‘ambarimiz s.a.v. “mo‘’min bir teshikdan ikki marotaba chaqilmaydi” dedilar. Xitoyning Sharqiy Turkistondagi repressiyasi, Afrikadagi Zambiyaning qarzi uchun butun energetika, transport va olmos konlarining tortib olishi, qo‘shni Tojikiston yerlarini tortib olishi, shularning barchasi musulmonlar uchun saboq bo‘lmadi! Ya’ni Xitoy muayyan mamlakat manfaatlarini emas, ummat vakillarini repressiya qilib, umumiy mulklarimizini tortib olyapti!

Shu faktlarga tayanib, “biz bir ummatmiz, Sharqiy Turkistondagi musulmonlar bizning tanamizning bir bo‘lagidir, ular haqida Allohning huzurida albatta so‘ralamiz, Xitoy zulmini balki to‘xtata olmasmiz, lekin imkoniyatimiz boricha unga qarshi turaylik, uni yana eski nayranglari bilan Qirg‘iziston tomon kengayishda davom etishiga yo‘l bermaylik, zora shu harakatlarimiz bilan zo‘rlanayotgan muslimalar oldida gunohimizdan forig‘ bo‘lsak”, deya ummatga murojaat yo‘llanmoqda!

Albatta Xitoy bosqinchiligiga qarshi hatto g‘oyriislomiy inson yoki tashkilotlar ham o‘z munosabatini bildirmay, e’tiborsiz qola olmaydi. Ular ham Xitoy repressiyasiga qarshi o‘z dunyoqarashlaridan kelib chiqib, baho berishmoqda. Undan tashqari Xitoyga raqobatchi davlatlar va tashkilotlar ham bor. Ular ham o‘z tarafdorlari vositasida vaziyatni o‘z manfaatlari tomon burishga urinishi tabiiy. Natijada ular Islom ummatining boshiga tushgan musibatidan, ba’zida ummat manfaatiga mos keladigan, ba’zida esa zid keladigan har xil siyosiy harakatlardan foydalanib olmoqchi bo‘lishadi. Bu tabiiy siyosiy jarayon bo‘lib, uni hech kim bir qolipga sola olmaydi.

Hozir Qirg‘izistonda aynan shu mavzu siyosiy qarama qarshiliklarga sabab bo‘la boshladi! Mutaxassislar, bu ish “uchinchi kuchlar” tomonidan uyushtirilayotgan provokatsiya, deb baho berishdi. Lekin “uchinchi kuchlar” kim ekani haqida ularning fikri har xil. Ba’zilari bu ish “islomiy ekstremistlar” tomonidan olib borilayapti desa, boshqalari sobiq prezident tarafdorlari xalqni hokimiyatga qarshi yo‘naltirib boryapti demoqda.

Bizning bu siyosiy jarayonga nisbatan bergan tahlilimiz quyidagicha: Bo‘layotgan voqea va hodisalar hammamiz ko‘rib turganimizdek, bir xil, ya’ni Xitoy bostirib kelmoqda! Lekin bu voqe’likka nisbatan tutgan pozitsiyalarimiz yuqorida aytganimdek, har xil. Ya’ni hammamiz, shu jumladan Musulmonlar ham o‘z manfaatlaridan turib baho beryapmiz va o‘z munosabatimizni bildirib, harakat qilyapmiz. Demak Xitoy bosqiniga butun Qirg‘iz fuqorolari qarshi! Bu qarshilik quvvatidan har bir kuch, hatto hukumatning o‘zi ham o‘z manfaati yo‘lida foydalanib olmoqchi bo‘lyapti! Diniy muhitni esa, milliy, ilmoniy va buzuq hokimiyat manfaati tomon yo‘naltirishga urinishlar boshlandi! Mo‘’tadil islomchilar, ummat quvvatini millatga cheklab, uni olamiy ummat quvvatidan uzishga urinishyapti.

Musulmonlarning mabdaiy manfaatini yuqorida bayon qildik. Vaziyatdan foydalanib, uni biror kofir yoki fosiqlar tomonga burib yuborish ikkala dunyoimiz uchun ham halokatli oqibatlarga olib boradi! Alloh saqlasin! Allohdan taqvo qilib, bizga ergashgan ummat vakillarini buzuq tashviqotchi kuchlarga tashlab qo‘ymaylik!

Assalamu alaykum.

Abdurazzoq.

Izohlar yo'q