AQSh senati Turkiyaga ulьtmatum qoʻydi

0
857

AQSh senati Turkiyaga ulьtmatum qoʻydi

 Turkiya yo Rossiyani yo Gʻarb mamlakatlarini tanlashi kerak, dedi AQSh senatining qurolli kuchlar qoʻmitasi rahbari Jeyms Inxof.  Bu haqida RIA “Novosti” xabar qilmoqda.

 “Agar Turkiya F-35 dasturi ichida qolishni istasa, u Rossiyadan S-400 tizimlarini olishdan voz kechishi kerak”, – dedi Inxof Pentagonning Kongress uchun tayyorlangan hisobotiga izoh berarkan.

 Inxofning aytishicha, Turkiya AQShning NATO boʻyicha juda muhim hamkoridir. Shu sabab u oʻz maqomiga muvofiq harakat qilishi kerak. “Turkiya yo Rossiyani yo Gʻarbni tanlashi kerak. Agar Turkiya S-400 sotib olishda davom etsa – uni salbiy oqibatlar kutmoqda”- dedi senator.

 Nashr shuningdek, AQSh va NATO Turkiyaning S-400 sotib olishidan nega bunchalki tashvishga tushganini ham aytib oʻtgan. Harbiy ekspert Stiven Zalogining fikriga koʻra, Turkiyaga S-400 bilan birga rossiyalik harbiy mutaxassislar ham kelishadi va ular S-400ni amerikaning F-35 samolyotiga qarshi sinab koʻrish imkoniga ega boʻlishi mumkin.

 “Rossiyalik harbiy mutaxassislar S-400 radarlarini Turkiyaning F-35 samolyotlariga qarshi sinab koʻrishi mumkin. Bu amerika qiruvchi samolyotining antiradar xususiyatlarini yoʻqqa chiqarishi mumkin”, – deydi ekspert.

 Maʼlumki, Turkiya va Rossiya 2017 yilning dekabr oyida umumiy qiymati 2,5 milliard dollar boʻlgan toʻrtta ZRK S-400  divizioni yetkazib berish borasida bitim imzolagan edi. Shartnomaga koʻra, majmuaning birinchi partiyasi 2019 yilning oktyabr oyida yetkazib berilishi kerak.

Izohlar yo'q