Tramp noqonuniy migrantlarni otishga ruxsat berdi

0
474

Tramp noqonuniy migrantlarni otishga ruxsat berdi

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp chegaradagi harbiylarga migrantlarga qarshi qurol ishlatishga ruxsat berdi. Siyosatshinos Nikolay Toporninning fikriga koʻra, bu Trampning noqonuniy migrantlar yoʻliga katta toʻsiq qoʻyishdagi qatʼiyligini tasdiqlaydi.

 Uning soʻzlariga koʻra, Amerikada ancha jiddiy vaziyat yuzaga kelgan: Meksika tomonidan Amerika chegarasiga noqonuniy migrantlar karvoni yaqinlashmoqda va chegaraga birinchi ming kishi allaqachon yetib kelgan.

 “Shu vaqtgacha harbiy va chegarachilarga AQSh hududiga noqonuniy kirish holatida oʻq otish taqiqlangandi. Biroq hozir Amerika chegarasiga ming nafar migrant kelgan. Ularning bir qismi qurolga ega boʻlib, ular chegaradan oʻtish uchun qurolli kuch ishlatishi ehtimoldan xoli emas. Tramp endi harbiylarga oʻta ogʻir vaziyatlarda himoyalanish maqsadida oʻq otish mumkinligi toʻgʻrisida buyruq berdi. Ushbu chora favqulodda vaziyatlarda qoʻllaniladi”, – deydi Topornin.

Izohlar yo'q