Rossiya Federal xavfsizlik xizmati: “Terrorchilar” hatto Rossiyadan ham mablagʻ oladi

0
944

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati: “Terrorchilar” hatto Rossiyadan ham mablagʻ oladi

Oʻtgan haftf Rossiya poytaxti Moskva shahrida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkor boʻlgan davlatlarda huquqni muhofaza qilish organlari va razvedka idorasi rahbarlarining oʻn yettinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda 70 dan ortiq mamlakatdan delegatsiyalar ishtirok etdi. Mazkur yigʻilishda xalqaro terrorizmga (Islomga) qarshi kurash masalasida mazkur organlar oʻrtasida hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov Rossiya xavfsizlik organlari chet eldagi terroristik guruhlarga Rossiyadan boradigan moliyaviy koʻmak mavjudligini qayd etdi. Uning taʼkidlashicha, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ularni roʻyxatga olmoqda.

“Biz baʼzi (terrorchi) guruhlar va shaxslarning moliyaviy imkoniyatlari va qudratlari haqida soʻz yuritmoqdamiz. Turli mintaqalardan, shu jumladan Rossiya Federatsiyasidan ham (terrorchilarga) pul joʻnatish yoʻli bilan ular qoʻllab quvvatlab turilgan. Biz bularni roʻyxatga olyapmiz. Bu yerda moliyaviy yordamni IShIDga yetkazish uchun maxsus kanallar mavjud”, dedi Bortnikov Moskvadagi muxbirlarga bergan intervьyusida.

Shuningdek, Bortnikov xalqaro “terrorchilar” oʻzlarining koʻplab jinoiy faoliyatlarida yoshlardan foydalanayotganini ham ilova qildi.

“Xalqaro terroristik tashkilotlarning tarkibiy qismi yoshlar oʻrtasida terrorizm mafkurasini mustahkamlashga qaratilgan”, – dedi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari.

Izohlar yo'q