Jeenbekov Sovet taʼlim tizimini tark etishga chaqirdi

0
860

Jeenbekov Sovet taʼlim tizimini tark etishga chaqirdi

Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH)ning taʼlim tarbiya-tarbiya tizimiga bagʻishlangan beshinchi qurultoyi boʻlib oʻtdi. Ikki kun davom etgan qurultoyda 400dan ortiq muallim va oʻqituvchilar ishtirok etdi.

Mazkur qurultoyning ochilish marosimida Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov ham ishtirok etdi. Jeenbekov ochilish marosimida soʻzlagan nutqida eski Sovet taʼlim tizimini tark etib, yangi taʼlim tizimini yaratish zarurligiga alohida eʼtibor qaratdi. Uning taʼkidlashida, sovet davrida tuzilgan taʼlim programmalari oʻz davrida maʼqul boʻlsa-da, hozirgi zamon talablariga javob bermay qolgan.

“Taʼlim-tarbiya davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishi hisoblangan Qirgʻizistonda eng olijanob kasb egalari boʻlgan oʻqituvchilar qurultoyi oʻtkazilishidan juda mamnunmiz. Maʼlumki, Sovet taʼlim tizimi ushbu jamiyatning ehtiyojlari uchun yetarli edi. Shuningdek iqtisodiyot, ijtimoiy hayot, hukumat va mudofaa talablarini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirib keldi. Ammo zamonlar oʻtishi bilan koʻp narsalar oʻzgardi. Bir tomondan, siyosiy jarayonlar ortidan taʼlim-tarbiyaning umumiy sohasi quladi. Boshqa tomondan, bozor munosabatlari hayotimizga kirdi va mehnat bozori sezilarli darajada oʻzgardi. Jamiyatimizda yangi hayotga va yangi taʼlim tizimiga ehtiyoj tugʻildi”, deya taʼkidladi Jeenbekov nutqi davomida.

Turkiston:

Majburiy taʼlim berish programmasi har qanday mamlakatning oʻz fuqorolariga saqofat berishdagi asosiy manba hisoblanadi. Saqofat esa, har qanday jamiyat yuzlanayotgan mabda, boshqaruv sistemasi, mustamlaka boʻlish yoki boshqa mamlakatni mustamlaka qilishda asosiy oʻrinni egallaydi.

MDH davlatlarida, xossatan Qirgʻizistonda prezident taʼkidlaganidek, taʼlim programmasi Sovetlar soyuzidagi asoslar bilan olib boriladi. Chunki Rossiya SSSRning yagona vorisi boʻlgani uchun, shuningdek Rossiya SSSRdan keyin oʻz saqofatini paydo qila olishi uchun oʻz mafkurasiga ega boʻlmagani uchun MDH davlatlari oʻquv programmalarini oʻzgartirishga deyarli harakat qilmadi. Negaki taʼlim sohasidagi har qanday islohotlar, yaʼni SSSR taʼlim asoslaridan voz kechishlar, uning oʻrnini Gʻarb dunyoqarashiga asoslangan saqofiy programmalar egallab olishiga sabab boʻlishi tabiiy edi. Rossiya uchun Gʻarb dunyoqarashi SSSRdan qolgan betayin, yaʼni hayotda yoʻq boʻlib ketgan mabdaga asoslangan taʼlim programmasidan koʻra xavfliroq edi.

Endi Jiyanbekov islohotlar haqida gapirishga majbur boʻlyapti. Chunki zamon Rossiya xohlaganidek toʻxtab qolmadi. Rossiya saqofati endi oʻz mustamlakalari taʼlim dasturlarini zamonga loyiq davomli tartiblashtirib bera olmaydi. MDH davlatlari endi Gʻarb saqofatiga asoslangan taʼlim programmasi bilan isloh boʻlishga majbur. Chunki hatto Rossiyaning oʻzi ham Gʻarb taʼlim programmalariga allaqachon oʻtib boʻlgan.

Lekin Gʻarb dunyoqarashi SSSRnikidan afzal deganlar adashadi!

Izohlar yo'q