Mirziyoyev: Terrorchilik tuzilmalarining MDH chegaralari yaqiniga koʻchib oʻtish tendentsiyasi kuchaymoqda

0
899

Mirziyoyev: Terrorchilik tuzilmalarining MDH chegaralari yaqiniga koʻchib oʻtish tendentsiyasi kuchaymoqda

 MDH davlatlari terrorizm xavfini oʻz vaqtida va samarali qaytarish uchun oʻzaro kelishilgan, avvalo, oldindan zarba berishga qaratilgan harakatlarga tayyor turishi lozim, deya hisoblaydi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev. Bu haqida “kun.uz” xabar qilmoqda

 Uning Dushanbe shahrida MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida soʻzlagan nutqida maʼlum qilishicha, bugungi terrorchilik tuzilmalari katta moliyaviy resurslarga, eng yangi axborot va texnika vositalariga ega, yuqori darajada harakatchan va tezkordir.

 “Hozirgi paytda ularning Yaqin Sharqdan Afgʻonistonga, MDH chegaralari yaqiniga koʻchib oʻtish tendentsiyasi kuchaymoqda. Mamlakatlarimiz terrorizm xavfini oʻz vaqtida va samarali qaytarish uchun oʻzaro kelishilgan, avvalo, oldindan zarba berishga qaratilgan harakatlarga tayyor turishi lozim”, – dedi Mirziyoyev.

 Uning taʼkidlashicha, MDH makonida yuzaga kelayotgan xavfsizlikka qarshi tahdidlarning oʻz vaqtida oldini olish uchun tahliliy va tezkor axborot bilan muntazam almashishning amaldagi mexanizmlari doirasida samarali hamkorlikni taʼminlagan holda huquqni muhofaza qilish organlari va maxsus xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirishni kuchaytirish muhim.

 “Yoshlar oʻrtasida radikallashuv muammosi eʼtiborimiz markazida boʻlib qolishi lozim. Shu munosabat bilan taʼlim-tarbiya, ilm-maʼrifat, yosh avlodni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun zarur sharoitlar yaratish borasidagi hamkorlikni kengaytirish zarur”, – deya qoʻshimcha qilib oʻtdi Oʻzbekiston prezidenti.

 Shuningdek, uning bildirishicha, Afgʻonistonda hanuz davom etayotgan qurolli mojaro Hamdoʻstlikka aʼzo mamlakatlarning aksariyati uchun umumiy tahdid boʻlib qolmoqda.

 Uning fikricha, MDH Afgʻoniston muammosini siyosiy yoʻl bilan tezroq hal etishga qaratilgan xalqaro saʼy-harakatlarda muhim rol oʻynashga qodir.

Turkiston:

Markaziy Osiyo mamlakatlarining rahbarlari va ular xizmat qilayotgan siyosiy doira ikkiga boʻlinib, boshqaruv strotegiyalari ham ikki tomonga boʻlinib boryapti. Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyodagi manfaatlarini oʻz taʼsiri va tasarruflari ostida ushlab qolish maksadida Avgʻoniston orqali terror vahimasini paydo qilib kelayotgan boʻlsa, ikkinchi tomondan Amerika Avgʻoniston tomondan tranzit yoʻli ochib bizni iqtisodiy mustamlaka domiga tortmoqchi!

Mirziyoyev Oʻzbekistonda hozirgacha siyosiy vaziyat (rejim)ni oʻz qoʻliga ola olgani yoʻq. Oxirgi vaqtlardagi, mahbuslarni ozod qilish, Quron musobaqalari oʻtkazish kabi uning loiha va taklifi bilan olib borilayotgan “islomiy islohotlar”ga, xavfsizlik xizmati tomonidan qattiq zarba berildi. Mirziyayev oʻz islohotini ham, mazlum musulmonlarni ham himoya qila olmadi. Demak Oʻzbek siyosiy doirasi hali ham xavfsizlik koʻmitasi taʼsiri ostida qolmoqda. DXX esa prezident taʼsiri ostida emas. Unga prezidentdan koʻra Rossiyaning taʼsiri kuchliroq. Yuqorida Mirziyayev, xavfsizlik barcha islohotlardan muhim va boshqaruv asosi ekanini tan oldi.

 Demak Markaziy Osiyo davlatlatlari rahbariyatlari Rossiyaning bosimi ostida, yolgʻon vahimalarga ishonishga majburlanishyapti. Rossiya bu rahbariyatlarning har biriga har tomondagi bor imkoniyati bilan bosim oʻtkazyapti!

Izohlar yo'q