Navbatdagi vahima
MDH terrorizmga qarshi markazi (TQM) rahbari, politsiya general-polkovnigi Andrey Novikovning maʼlum qilishicha, “IShID” guruhi jangarilari Markaziy Osiyo hududida oʻz tayanch nuqtasi yaratish uchun harakat qilmoqda. Bu haqida RIA “Novosti” xabar qildi.
Bunday bayonot bilan general-polkovnik “Issiqkoʻl – Antiterror-2018” mashqlari ikkinchi bosqichi vaqtida maʼlum qildi.
Novikovning taʼkidlashicha, “IShID” jangarilarining ushbu mintaqada tayanch nuqtalarini tashkil etish niyatida “asosiy muammo” sanaladi. Shuningdek, uning aytishicha, terrorchilarning harakatlari “nafaqat Qirgʻiziston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun xavfsizlikka tahdiddir”.
MDH TQM rahbarining aniqlik kiritishicha, “IShID” jangarilari mintaqada xalifalik deb ataluvchi tayanch nuqtasini tashkil etishga urinmoqda hamda “uxlayotgan jamoatlar”ni faollashtirish maqsadida saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda.
Turkiston:
Rossiya maxsus xizmatlarining “IShID” tashkiloti haqidagi malumotlari atayin boʻrttirib koʻrsatilayotgan qalbaki vahimadan oʻzga narsa emas. Chunki bu tashkilot birorta, hatto kichik bir mamlakatni izdan chiqarib yubora oladigan quvvatga ham ega emas. “IShID”ning quvvati kufr harbiy maxsus kuchlari, uning nomidan mintaqalarda faoliyat olib borayotganidadir. Xuddi ilgari “Al-Qoida” nomidan dunyoning turli davlatlarida amalga oshirilgan qoʻporuv amaliyoti kabi, bugungi kunda boʻlayotgan terokatlar “IShID” tashkiloti nomidan amalga oshirilyapti. Shu yilning yozida Tojikistondagi velosayohatchilarga boʻlgan hujumni ham “IShID” oʻz zimmasiga olgan edi. Mustamlakachi davlatlar oʻzlarining manfaatlari yoʻlida “IShID”ning nomidan foydalanib kelishyapti.
Rossiya ham oʻzining Markaziy Osiyoga harbiy mustamlakachi yurishida xalqaro siyosat tomonidan atayin paydo qilingan “IShID” vahimasidan foydalanmoqchi. U hozircha matbuot hujumlari olib boryapti. Matbuot hujumida muvafaqqiyat qozongach, albatta moddiy faoliyatlarga oʻtadi. Rossiyaning oʻz elchixonalari orqali uyushtirib borayotgan qoʻporuv aktsiyalarini hatto bir necha yirik Yevropa davlatlari va Turkiya ham toʻxtatib qola olmadi.
Demak, Qirgʻiziston kabi zaif va quvvatsiz davlatlar Rossiyaning matbuot propogandalariga va yuqoridagi singari rasmiy bayonotlar orqali oʻtkazayotgan siyosiy bosimlariga qarshi kuchli matbuot kurashi olib borishdan oʻzga choramiz yoʻq! Biz ularning biz uchun oʻta xatarli boʻlgan bu bayonotlariga raddiya berib, hozirlik koʻrilyotgan qoʻporuv amaliyotlari islomiy kuchlar tarafidan amalga oshirishi mumkin emaslinigi va ishning asl mohiyatini oshkor qilib borishda bardavom turishimiz lozim! Aks holda ular mintaqamizda juda xavfli vaziyatlar paydo qilishmoqchi!