Tramp: agar men sudga tortilsam, Amerika uchinchi dunyo mamlakatiga aylanadi

0
561

Tramp: agar men sudga tortilsam, Amerika uchinchi dunyo mamlakatiga aylanadi

Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp Montana shtatining Billings shahrida oʻz tarafdorlari bilan uchrashdi. Tramp kelgusi saylovda unga ovoz bermaydigan saylovchisini ayblab, agar u senat oldida sud qilinadigan boʻlsa, AQSh “uchinchi dunyo mamlakatiga aylanishi” mumkinligini taʼkidladi.

 “Bu saylovda siz faqat bitta nomzodga ovoz bermaysiz. Siz qaysi partiya Kongressni boshqarishi haqida ovoz berasiz. Bu juda muhim narsa, juda muhim”, dedi Tramp oʻz tarafdorlariga qarata.

Tramp soʻzlarini shunday davom ettirdi: “Aytmoqchimanki, katta ishlarni qilgan odamni qanday sud qilasiz? Iqtisodiyotimiz yaxshi. Bunga qanday jurʼat qilasiz? Bu Vashingtondagi jahannam chuquri-ku”.

Baʼzi demokratlar noyabrь oyida boʻlib oʻtadigan saylovlarda Kongressda ustunlikni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishsa, Trampni tergovga tortish uchun tayyorgarlik koʻrishmoqda. Sud jarayonida Tramp xoinlik, poraxoʻrlik, qonunbuzarlik yoki qonunlarga qarshi chiqishda ayblanishi mumkin.

Kongress demokratlar qoʻliga oʻtgan taqdirda, oʻzining sudga tortilishi ehtimoli borligini bildirgan Tramp, “uchinchi dunyo mamlakatiga aylanasiz”, deya ogohlantirdi.

Trampga koʻra, demokratlar prezidentlik lavozimini egallagan taqdirda, oʻzlari bir ishni eplay olmasalarda ““biz uni sudga tortamiz”, deyishadi. Tramp bu holatni “kulgili” deya sifatladi.

Tramp oʻzining sud jarayoni haqidagi fikrlarini shunday davom ettirdi: “Biz bundan tashvishdamiz. Agar shunday boʻladigan boʻlsa, ovoz bermaganingiz uchun bu sizning aybingiz boʻladi”.

Izohlar yo'q