AQSh Skripallar tufayli Rossiyaga juda qattiq sanktsiyalarni vaʼda qildi

878
0

AQSh Skripallar tufayli Rossiyaga juda qattiq sanktsiyalarni vaʼda qildi

Amerika Qoʻshma Shtatlari Britaniyaning Solsberi shahrida “Novichok” asab-falajlovchi moddasidan foydalanilgani tufayli Rossiyaga qarshi “juda qattiq” ikkinchi sanktsiyalar toʻplamini joriy etmoqchi. Bu haqda davlat kotibi yordamchisi Manisha Singx 13 sentyabr, payshanba kuni maʼlum qildi, deb yozmoqda “Bloomberg”.

 Uning soʻzlariga koʻra, Moskva kimyoviy qurol bilan bogʻliq obʼektlarni tekshirishga ruxsat bermagan va ulardan yana foydalanmaslik boʻyicha kafolatlar taqdim etmagan. Sanktsiyalar noyabrь oyida kuchga kiradi va banklar, mudofaa maqsadlaridagi tovarlarni xarid qilish, shuningdek, moliyaviy yordam koʻrsatishga aloqador boʻladi.

 AQShning Rossiyaga qarshi sanktsiyalari yangi toʻplami 27 avgust kuni kuchga kirdi. Davlat departamenti Rossiyaga qurol-yarogʻ va ikkilamchi maqsaddagi mahsulotlar eksportiga litsenziyalar berishni toʻxtatadi, bunda kosmik sanoat hamda fuqarolik aviatsiyasi sohasidagi eksport istisno sanaladi. Shuningdek, Amerikaning Rossiyaga har qanday yordami toʻxtatiladi, biroq, bunda ham shoshilinch gumanitar yordam, oziq-ovqat va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari istisno.

 Shuningdek, Moskva Amerika muassasalari tomonidan “har qanday kredit, kredit kafolati va boshqa moliyaviy yordam”dan mahrum boʻladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.