Arablarning AQSh bankasidagi pullari musodara qilinishi mumkin

0
502

Arablarning AQSh bankasidagi pullari musodara qilinishi mumkin

AQSh va Britaniya banklarida Koʻrfaz davlatlari, yaʼni Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt va Bahrayn davlatlariga oid 4 trillion dollar mavjud. Bu pullarning katta qismi Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga tegishlidir. Neft va tabiiy gaz resurslaridan olinadigan daromadlar toʻgʻridan-toʻgʻri AQSh banklariga tushadi. Biroq, AQSh “Men sizning pullaringizni musodara qildim, bermayman”, deydigan boʻlsa, bu mamlakatlar hech narsa qila olmaydi.

Tahlilchilarning fikricha, boshqa davlatlarga qarshi “qoʻshimcha soliq” nazariyasini olgʻa surayotgan Tramp, AQSh banklari uchun muhim sanalgan Koʻrfaz davlatlarining pullarini musodara qilishi, vaqt masalasi boʻlib qolmoqda. Chunki – deydi tahlilchilar – AQSh 11 sentyabr hujumi va 2008 yilgi ipoteka inqirozi davrida arablarning trillion dollarlarini AQSh banklaridan olishiga ruxsat bermadi.

Tramp koʻz tikkan Koʻrfaz boyliklari faqat banklardagi pul emas. Nьyu-York fond birjasida aylanayotgan Arablarga qarashli shirkatlarning aktsiyalari bilan AQSh-Saudiya hamkorligida tashkil etilgan kompaniyalar ham xavf ostida qolmoqda.

Turk-Arab tadbirkorlar uyushmasining raisi Jamoliddin Karim Saudiya Arabistonining neftdan olgan daromadi toʻgʻridan-toʻgʻri Qoʻshma Shtatlarning banklariga tushishiga eʼtibor qaratdi.

“Bu mablagʻlardan hech foydalanmaslik musodara qilishdan koʻra yomonroqdir. Arab hukumatining kambagʻallarga sarflashi kerak boʻlgan neft daromadlari afsuski, AQSh banklarida aylanyapti. Tramp bu pullarni osongina olib qoʻyishi mumkin. Vaziyatning ketuvi shuni koʻrsatmoqda”, deydi Jamoliddin Karim.

AQSh bankasidagi mablagʻlarning katta qismi koʻrfaz davlatlarining rahbarlari va ularning oilalariga oidligini taʼkidlagan Jamoliddin Karim soʻzini shunday davom ettirdi:

“Arab milliarderlari istasalar ham, pullarini olisha olmaydi. Bu pullar xuddi musodara qilinganday, har doim AQSh banklarida ushlab turiladi. Gohida oz-oz foydalanishga izn beradi, gohida umuman izn bermaydi. Qoʻshma Shtatlar Koʻrfaz davlatlari yetakchilarini, xususan Saudiya Arabistoni rahbarlarini oʻziga bogʻlab olgan. Ular qimirlay olishmaydi. Bu ketishning natijasi qanday boʻlishi haqida katta noaniqlik hissi mavjud”.

Izohlar yo'q