Putin Turkiyaning Suriyadagi rolini maqtadi

0
424

Putin Turkiyaning Suriyadagi rolini maqtadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning Turkiya, Eron va AQSh bilan hamkorligi tufayli Suriya inqirozini hal qilishda erishilgan yutuqlarni maqtadi. Putin bu borada Turkiyaning oʻrniga alohida eʼtibor qaratdi. Uning taʼkidlashicha, Suriya masalasida Rossiyaning Turkiya va boshqa davlatlar bilan hamkorligi oʻz samarasini bermoqda.

Rossiya prezidentining bu bayonoti Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli va Mudofaa vaziri Xulisi Akar Moskvada rossiyalik hamkasblari Sergey Lavrov va Sergey Shoygu bilan uchrashuvi paytida yangradi.

“Eron, Yevropa davlatlari va AQSh kabi bu ishdan manfaatdor davlatlar bilan birgalikda olib borgan saʼy-harakatlarimiz hamda BMT bilan hamkorligimiz tufayli Suriya inqirozini hal qilishda sezilarli darajada oldinga qadam tashlashga muvaffaq boʻldik”, dedi Putin.

Shuningdek Putin Moskva va Anqara oʻrtasidagi munosabatlar muhim xarakterga ega boʻlib borayotganiga ishora qildi. Unga koʻra, ikki mamlakat oʻrtasida mintaqaviy masalalarni, ayniqsa Suriya masalasini hal etishda tigʻiz iqtisodiy hamkorlik mavjuddir.

Oʻz navbatida, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdogʻan yaqin kunlarda, Putinning Istanbulga tashrifini kutayotganligini taʼkidladi. U ikki rahbar, yaʼni Putin va Erdogʻan oʻrtasidagi “restoranda ovqatlanish kelishuv”ini ham gap orasida eslatib oʻtdi.

Chavushoʻgʻli Rossiya poytaxti Moskvada Sergey Lavrov bilan muzokara oʻtkazgan boʻlsa, Sergey Shoygu esa, Turkiyalik hamkasbi Xulusi Akar va Turk razvedkasi boshligʻi Xakan Fidanni qabul qildi.

Turkiyaning “TRT” telekanalining xabariga koʻra, Lavrov va Chavushoʻgʻli oʻrtasidagi muzokaralarning eng muhimi Suriya masalasi haqida, xususan Idlib viloyati haqida boʻlib oʻtgan.

Izohlar yo'q