Pentagon: Xitoy hujumga tayyorlanmoqda

0
570

Pentagon: Xitoy hujumga tayyorlanmoqda

AQSh Mudofaa vazirligi tarafidan chiqarilgan hisobotda aytlishicha, Xitoy armiyasi oʻtgan bir necha yillar davomida bomba tashuvchi vositalardan foydalanishni oʻz ichiga oladigan faoliyatini kengaytirmoqda. Uning bu harakati Vashington va uning ittifoqchilariga zarba berishga qaratilganga oʻxshab koʻrinmoqda.

Shuningdek, Pentagonning yillik hisobotida Xitoyning global taʼsirini kengaytirishga qaratilgan harakatlari va Xitoy 2017 yilda mudofaa uchun sarflagan xarajati 190 million dollardan oshganligi koʻrsatib oʻtildi.

“Oʻtgan uch yil mobaynida Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi dengizda tajriba orttirgan holda suv ustida hujumkor amaliyotlar hududlarini kengaytirish ustida ish olib bormoqda. AQSh va uning ittifoqchilarining pozitsiyalariga toʻgʻridan-toʻgʻri zarba berish uchun mashgʻulotdan oʻtayotgan boʻlishi ehtimoldan uzoq emas”, “Xitoy armiyasi fazoni anti-harbiylashtirish eʼlon holatiga qaramasdan fazoda ham harbiy salohiyatini mustahkamlashda davom etmoqda. Xitoy kosmik dasturi fazoda tezlik bilan rivojlanib bormoqda”, deyiladi bayonotda.

Xabarda aytilishicha kutilayotgan iqtisodiy oʻsishning sekinlashuviga qaramasdan, Xitoyda 2028-yilga kelib rasmiy mudofaa byudjeti 240 milliard dollardan oshadi.

Oʻz navbatida Xitoy ham AQShni suverenitetni buzishda ayblamoqda. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Vashington xalqaro qonunni buzganligini va Xitoyning milliy xavfsizligi xavf ostida qolganligini eʼlon qildi.

Xitoy tashqi ishlar vazirligining voizi Jiang Chuang AQShning harakatlari  Xitoyning suvereniteti va xavfsizligiga putur yetkazganligini daʼvo qilar ekan, “Amerikaning jangovor texnikalari tomonidan amalga oshirilgan harakatlar Xitoy qonunlarini va xalqaro qonunlarni buzish hisoblanadi” deya  bayonot berdi.

Izohlar yo'q