Tramp: Rossiyadan sanktsiyalarni olish uchun shartlarim bor

0
527

Tramp: Rossiyadan sanktsiyalarni olish uchun shartlarim bor

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp 20 avgust kuni “Reuters” agentligiga bergan intervьyusida Rossiyaga qoʻllanayotgan sanktsiyalarni bekor qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqishi mumkinligini aytdi. Buning uchun Rossiya uning shartlariga koʻnishi kerak.

 Uning aytishicha, bu shartlar – Moskvaning Suriya va Ukraina masalasida Vashington bilan hamkorlik qilishidir.

 “Agarda ular bizning foydamizga biron nima qilishsa, men bu masalani koʻrib chiqaman. Aks holda bunday qilish niyatim yoʻq”,- dedi Tramp Vladimir Putin bilan uchrashuvda sanktsiya masalasini muhokama qilishmaganiga toʻxtalar ekan.

 AQSh Rossiyaga qarshi sanktsiyalar paketini 22 avgustdan kuchga kiritmoqchi. Skripallar ishi dastak qilingan bu masalada London va Vashington Moskvani ayblamoqda.

Turkiston:

Dunyo boshqaruv sistemasining yetakchilari bir birlariga qarshi kurashmoqda. Bir qarashda, bu biz (uchinchi olam vakillari) uchun daxli yoʻqdek va bizga hech qanday salbiy taʼsir koʻrsatmaydigan, aksincha kofirlar bir birlarini holdan toydirayotgan manfaatli urushdek koʻrinadi. Lekin yirik olamiy yetakchi davlatlar oʻrtalaridagi har bir toʻqnashuv, negadir bizlar uchun oʻta xavfli va juda katta zararlar bilan davom etadi! Nega shunday?!

Mavjud olamiy yetakchi davlatlarga nazar solaylik: – ular oʻzlarining ichki resurs va imkoniyatlarigagina tayanishsa, hozirgidek farovon yashay olishmaydi. Yaʼni ular bosqinchilik uyushtirib, mustamlaka mamlakatlarini talon taroj qilmaganda edi yoki ularni agrar (faqat qishloq xoʻjaligiga asoslangan) davlatga aylantirib, yetishtirilgan mahsulot va tabiiy resurslaridan faqat xom ashyo sifatidagina foydalanadigan sharoitlarga suniy giriftor qimaganda edi, xom ashyolarni esa faqat oʻzlarigina qayta ishlab yana oʻzimizga qimmat narxlarda sota oladigan olamiy global sistemasini yaratib olishmaganida edi, ular bizdan ancha nochor hayot kechirishayotgan boʻlar edi.

Demak, aslida ular bir birlari bilan bizni (mustamlaka davlatlarni va xom ashyo resurslarini) talashishyapti. Toʻgʻrirogʻi bizdagi ular foydalanishayotgan manfaatlarini bir birlaridan tortib olish maqsadida, siyosiy va iqtisodiy urush olib borishayapti.

 Bu manfaatlar ikki xil koʻrinishda boʻladi: Birinchisi ular oʻzlashtirib borayotgan yalpi ichki mahsulotlar (YaIM). Bunga ular bizdan olib ketgan neft va boshqa xom ashyolarni qayta ishlab chiqarishdan ortirilgan moddiy manfaatlarni oʻsib borishi, ular orqali rivojlanib borayotgan infrastruktura hamda fuqorolarining yashash darajalarini rivojlantirib borayotgani va barcha xizmat koʻrsatish jihatlarining oʻsib borishi kiradi.  Ikkinchisi ularga qarashlik, lekin tashqi mamlakatlarda joylashgan tashqi milliy mahsulotlari (TMM). Bu boylik turiga tashqarida joylashgan ularga tegishli boʻlgan barcha manfaatlar kiradi.  Yaʼni ularga qarashli bizning mamlakatlarimizdagi ularning xususiy yoki qoʻshma korxonalari, ishlab chiqarish korxona anjomlari, shartnomalar asosida bosib olingan tabiiy resurslar koʻlami hamda tashqarida xizmat koʻrsatib, mamlakati uchun manfaat olib kelayotgan barcha shaxslar va shaxsiy korxonalar kiradi. Ulardagi mana shu YaIM va TMMlarini oʻsib borishi mustamlaka mamlakatlardan mumkin qadar koʻproq xom ashyo va boshqa manfaatlarni egallab turishlariga bogʻliq. Shuning uchun ularning bir birlari bilan olib borayotgan har qanday kurashlari, mustamlaka talashish va olamdagi tabiiy resurslardan mumkin qadar koʻproq foydalanish asosida olib boriladi.

Shuningdek ular orasida har qanday keskinlik yuz berganda yoki bir birlariga qarshi kurashga kirishganida, bu kurashdan biz (mustamlaka davlatlar) koʻp jabr chekamiz. Chunki ularning urush xarajatlari ham bizning zimmamizga tushadi. Umuman olganda, rivojlangan kufr olamining yashash darajasini shu holatda ushlab turish, ular haddilaridan oshib, bir birlariga qarshi yoki birgalikda biz musulmonlarga qarshi olib borayotgan urushlarining xarajatlari, yahud vujudi va Shimoliy Koreya singari mintaqalarga yil sayin milliardlagan moliyaviy yordam berib turish kabi kofirlarning strotegik manfaatlari ham bizning zimmamizda. Turkiya hukumati Suriyadagi urushda kufr olami uchun ulkan moddiy va maʼnaviy yordam berib kelayotgan boʻlsa, Saudiya mamlakati bu urushni moliyaviy mablagʻ bilan deyarlik toʻliq taʼminladi. Bundan tashqari biz ham, kufr olamiga xom ashyo va energetik resurslar yetkazib berish va oʻz yurtlarimizdagi (Qumtor koni singari) ular uchun oʻta manfaatli strotegik ahamiyatga ega hududlarni ularga topshirish hamda oʻzimizga qarshi urush olib borishlari uchun moliyaviy yordam koʻrsatish orqali ularga  sharoitlar yaratib beryapmiz. Demak kufr olami bizning yordamimiz bilan Suriyani yakson qilib yubordi. Falastin va Avgʻonistonda zulmni davom ettiryapti.

Agar biz ular oʻrtalarida horlarcha talashib tortishiladigan oʻlja boʻlmaganimizda edi, ular bir birlari bilan harbiy, siyosiy, iqtisodiy hatto saqofiy urush olib borishmas edi,! AQShning Rossiyaga qarshi sanktsiyalar orqali olib borayotgan iqtisodiy urushi, Qirgʻizistonning yagona YaIMi boʻlgan tashqi migrantlar va ulardan kelayotgan moliyaviy daromadga qarshi kuchli zarba berishi mumkin. Chunki Rossiyaning qulab borishi, unga iqtisodiy bogʻlanib qolgan kichik mamlakatlar uchun oʻta sezilarli taʼsir koʻrsatadi.

Natijada Qirgʻiziston ham Rossiyadan uzoqlashishga majbur boʻladi. Chunki yuqorida Tramp Rossiyani ochiq mustamlaka davlat ekanini eʼlon qilishga chaqiryapti. Bu esa Rossiyaning qalbaki olamiy yetakchi mamlakat ekanini ochiqqa chiqaradi. U endi oʻzining ichki muammolari bilan oʻralashib, Oʻrta Osiyo mamlakatlari muammolarini hal qila olmay qoldi. Shuning uchun unga qarshi AQShning moliyaviy kurashi Turkiya singari, bizni ham moliyaviy hamda iqtisodiy muammolarimizni yanada kuchayishiga olib boradi.

Izohlar yo'q