AQSh HHK yangi turdagi yadro bombasini sinovdan oʻtkazdi

962
0

AQSh HHK yangi turdagi yadro bombasini sinovdan oʻtkazdi

 AQSh HHK mamlakat Energetika vazirligi Yadro xavfsizligi milliy boshqarmasi bilan hamkorlikda B-2 Spirit strategik bombardimon samolyotlarida ilk marotaba boshqariladigan yadro bombasini sinovdan oʻtkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

 Yadro zaryadisiz bombaning ikkita sinovi 9 iyunь kuni Nevada shtatidagi Tonopa poligonida oʻtkazildi.

 “Ushbu sinovlar hamkorlikdagi testlarning bir qismi boʻlib, samolyotning qurol-aslah va bombaning noyadroviy funktsiyalarini yetkazib berishdan iborat”,- deyiladi xabarda.

 “Ushbu malakali parvoz sinovlari shuni koʻrsatmoqdaki, B61-12 konstruktsiyasi tizim talablariga javob beradi va B61-12 bombasining milliy xavfsizlik talablari asnosida keyingi xizmat muddatini uzaytirish uchun dastur qanchalik taraqqiy etganini koʻrsatib beradi”,- deb taʼkidlagan AQSh Energetika vazirligi yadroviy xavfsizlik milliy boshqarmasi xodimi Maykl Lyutton.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.