Isfarada hijobga qarshi reyd boshlandi
Iyun oyining 12 kuni, aniqrogʻi muborak ramazon oyining 27 kuni Tojikistonning Isfara shahridagi markaziy bozorda “hijobga qarshi maxsus reyd” yoʻlga qoʻyildi.
Isfara shahar meri Salomzoda Sijouddinning maxsus operatori bu haqida quyidagilarni maʼlum qildi: – “Bugun Tojikiston xalq demokratik partiyasi (TXDP)ning faʼol ayollardan iborat bir guruh aʼzolari, shahar hokimiyati ijroiya komiteti bilan birgalikda, shahar markazida ayollar bilan shahar madaniyatiga bogʻliq mavzularda muloqot oʻtkazishdi va tushintirish ishlari olib borishdi. Ishchi guruhning maqsadi shahar va qishloq joydagi xotin-qizlarni mafkuraviy aqidasini yuksaltirish, milliy libosga ehtirom koʻrsatish va tojik millatiga yot hisoblangan madaniyatni tamomin ildizidan qoʻporib tashlashga koʻmaklashishdan iboratdir. TXDP tarkitidagi xotin-qizlar qumitasinig mudirasi Tojiboyeva F. suhbat asnosida ayollarni milliy urf-odatlarni hurmat qilishga chaqirib, begonaparastlik sarqitlari oqibatidan ogohlantirdi. Unga koʻra, dindorlik insonning tashqi qiyofasida emas, ichki dunyosiga mujassam boʻlmogʻi lozim.
“Oʻzini dindor koʻrsatib, hammaga eʼtiqodini koʻz-koʻz qilishi shart emas. Millatimizga mansub liboslar qolib, chet mamlakatdan kelib qolgan madaniyat koʻrinishi jamiyatda urf qatori oʻrin olishi juda achinarli holat. Holbuki iymon Yaratuvchini aql bilan tanib qalb bilan tasdiqlash demakdir”, dedi Tojiboyeva.
Ushbu reyd qurbonlaridan biri “Oisha” Isloh saytiga murojaat qildi:- “Men alam bilan sizga murojaat qilmoqdaman, ammo iltimosim shuki, ismimni oshkor qilmang. Men 3 farzandni onasiman, oʻz oilam, nomusim xavfsizligidan qoʻrqaman. Chunki bu Xudobexabar insonlardan har narsani kutish mumkin. 12 may kuni qadr kechasi tongida bozor tomon yoʻl oldim. Bozorga kirishimni bilaman, bir militsiya xodim gʻazablangan holda qoʻlimdan tutdi. Yonida Tojiboyeva F. ham bor edi. Bir ayol rumolimga ishora qilib Bu nima? Olib tashla matohingni, bu bizga yot, madaniyatimizga begona libos. Agar hozirning oʻzida hijobingi yechmasang seni kabinetga olib boramiz, deya poʻpisa qildi. Ularning ogʻzidan chiqqan qabih soʻzlardan inson uyalib ketadi. Ammo videooperator yomon soʻzni tasvirga olmasdan, faqat “madaniyat” rioya qilingan holda suhbatlashish jarayonini tasvirga oldi xolos”.
Endilikda Tojikistonnig qay bir goʻshasiga sayr qilmang, buzuq fasodga toʻla demokratiya gullab yashnashini guovhi boʻlasiz. Ayniqsa mamlakat shimoliy qismida joylashgan Sugʻd viloyatida dinga qarshi kurash oqibatida Islomning deyarli biror koʻrinishi qolmagan. Agar Hujandga (Leninobodga) yoʻlingiz tushsa shahardagi befayz holatni koʻrib hayratga tushishingiz muqarrar. Shaharlar urush oqibatida ham shunchalik nursiz holga tushmasa kerak.
Fayzu farishta, nuru ziyo kimda boʻladi? Alloh oʻz barokati, nuri va rahmati bilan taqvodor bandalarini rizqlantiradi. Qadimiy tarixga ega, buyuk allomalarni ummatga yetishtirgan Hujand shahri endilikda bir vayrona misoli boʻlib qolgan. Shahar turgʻunlariga bilinmasligi mumkin, ammo chetdan borgan inson, shahardan allaqachon qochgan tarovat tanqisligini aniq sezadi.
Allohning hukmiga qarshi chiqqan yurt rahbarlari, shu narsaga rozi boʻlgan el, daʼvatchilarini himoya qilmagan va munkarga sukut saqlagan olimu – imomlar, Hisob-kitob kuniga qanday hujjat bilan kelishar ekan-a?!