Xitoy AQShni hududiy suvlariga bostirib kirishda aybladi

0
791

Xitoy AQShni hududiy suvlariga bostirib kirishda aybladi

Amerika harbiy kemalari oʻzboshimchalik bilan Xitoy hududiy suvlariga bostirib kirdi. Bu haqda XXR Mudofaa vazirligi vakili U Tsyanь xabar berdi.

 Tsyanь ilgariroq OAVlarda tarqalgan – Higgins esminetsi va boshqariluvchi raketa quroliga ega USS Antietam kreyseri Sisha (Parasselьs) orollaridan 12 dengiz milь oʻtganligini haqidagi xabarlarni tasdiqlagan.

 “AQSh HDK kemalari 27 may kuni Xitoy hukumati roziligisiz oʻzboshimchalik bilan Sisha orollari akvatoriyasiga bostirib kirdi”,- deb bayonot qildi Xitoy mudofaa muassasasi vakili. Pekin bunga javoban Janubiy-Xitoy dengizi hududiga oʻz kemalar aviatsiyasini yuborgan.

 Xitoy Mudofaa vazirligi vakiliga koʻra, amerika harbiylariga Parasselьs orollari akvatoriyasini tark etish ishorasi berilgan.

 Xitoy Mudofaa vazirligi mamlakatning dengizdan va havodan xavfsizligini kuchaytirishga, shuningdek, davlat suverenitetini himoya qilishga vaʼda bergan. Pekinning mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni himoya qilishdagi qarori qatʼiy, deb taʼkidlashmoqda Xitoy Mudofaa vazirligida.

 AQSh Harbiy dengiz kuchlari kemalari Janubiy-Xitoy dengizida kemachilik erkinligi haqidagi xalqaro qonunchilik asosida harakatlanmoqda, deb izoh bergan RIA Novostiga Pentagon matbuot-xizmati vakili Kristofer Logan.

 “AQSh kuchlari Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, shu jumladan Janubiy-Xitoy dengizi hududida ham har kuni harakatlanadi. Barcha harakatlar xalqaro qonunchilik asosida bajariladi va Qoʻshma Shtatlar qonunan ruxsat berilgan barcha joyda uchadi, suzadi va harakatlanadi”,- deb aytgan Logan.

Izohlar yo'q