Bishkekda “telefon terrorchilari” nega faollashmoqda?

0
463

Bishkekda “telefon terrorchilari” nega faollashmoqda?

Bishkekda bir hafta davomida bomba qoʻyilganligi toʻgʻrisida uchta yolgʻon xabar tarqaldi. Milliy xafvsizlik davlat qoʻmitasi (MXDQ) gumondorlar shaxsini aniqlashga kirishdi.

 2017 yil oxirida Davlat mulikini boshqarish jamgʻarmasi rahbari Duyshenbek Zilaliyev sohta xabar ortidan vujudga kelgan janjal natijasida iteʼfoga chiqqan edi. MXDQ noyabr oyida Qirgʻizistonning yangi prezidenti Sooronboy Jeenbekov inauguratsiyasi kuni bomba oʻrnatilishi toʻgʻrisidagi xabar boʻyicha jinoyat ishi ochgandi. Ammo Duyshenbek Zilaliyev ayblov asossiz ekanligini aytgan.

 Qirgʻiziston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Baqit Seitovning maʼlum qilishicha, yil boshidan beri bomba haqida beshta yolgʻon xabar tarqatildi. Oʻtgan yili esa 10ta shunday holat qayd qilingan.

 Koʻp yillar davomida maxsus xizmatlarda ishlagan general Artur Medetbekovning soʻzlariga koʻra, koʻpincha fuqarolar befarq boʻlib, ularga eʼtibor bermaydilar. Shubhali buyum yotaverishi mumkin, fuqarolar esa uni birovga tegishli deb oʻylashadi. Misol uchun, chet elda shubhali sumka yoki boshqa narsa topilgan vaqtda fuqarolar darhol tegishli organlarga xabar qilishadi. Bizda esa bunday narsalarga eʼtibor berilmaydi. Xavfsizlik masalalari boʻyicha aholi savodxonligini oshirish zarur. Maʼlumotlar oliy oʻquv yurtlari va ijtimoiy tarmoqlarda taqdim etilishi kerak. Shunda odamlar buni esda saqlashadi.

 Turkiston:

Artur Medetbekovning soʻzlariga eʼtibor bering, u odamlarni, yuz berayotgan sunʼiy qoʻrquv harakatlaridan taʼsirlanishga hamda har bir odam boshqa odamga ishonchsizlik koʻzi bilan qaraydigan oʻta xavfli vaziyatga chaqiryapti! Bu aynan “telefon terrorist”lari kutayotgan maqsadning oʻzginasi emasmi?!

 Ular mana shunday yolgʻon maʼlumot tarqatish amaliyotlaridan aynan odamlar orasiga vahima urugʻini sepish va ularni bir biridan doim qoʻrqib yashaydigan holatga tushirishni koʻzlashadi va shu orqali oʻzlarining qandaydir iflos maqsadlarini roʻyobga chiqarib olishmoqchi boʻlishadi. Masalan: xuddi shu A. Medetbekov singari shaxslar Atambayev rejimi bilan hamkorlikda olib borgan noqonuniy ish-harakatlarga qarshi juda jadal borayotgan konuniy harakatlardan jamoatchilikni chalgʻitishni maqsad qilishlari mumkin! Uslublari ham avvalgidek, oʻzgargan emas! Yana jamoatchilikni islomiy shaxslarga zulm qilishda davom etishga undash maqsadida fuqorolarga sunʼiy vahimalar paydo qilish uslubidan foydalanishmoqchi! Jamoatchilik ularni qoʻllay boshlasa, qoʻporuv harakatlarini amalda uyushtirishadi!

 Qirgʻizistonda tinch yoʻl bilan davlat agʻdarish amalga oshib kelyapti. Endigi jarayon biz oʻylaganchalik tinch oʻtmasligi ham mumkin. Chunki korruptsiyaga qarshi kurash ketyapti. Antikorruptsiya harakatlarining deyarlik barchasi juda koʻp va kuchli siyosiy arboblarga borib taqaladi! Bu arboblar yangi hokimiyat doirasida ham ishtirok etib kelishyapti yoki ularning taʼsir quvvati xanuz oʻta kuchli. Shuning uchun siyosiy arboblar oʻzlarini saqlab qolish maqsadida jamoatchilik fikrini yana sunʼiy islomiy xavf-xatarlar tomon burib yuborishga harakat qilishmoqda.

 Hozir vaziyat oʻta keskin. Baʼzi siyosiy kuchli shaxslar oʻzlarini javobgarlikdan saqlab qolish uchun har qanday razillikdan toyishmaydi. Ularni endi “uchinchi kuch” deb atasak toʻgʻri boʻladi. Uchinchi kuch vakillari Atambayevga ishonib, ortga qaytarib boʻlmaydigan darajadagi noqonuniy hujjatlar asosida korruptsiyalik ish-harakatlarni amalga oshirib yuborishgan. Har safargi inqilobiy toʻpolonlar bilan hokimiyat almashganida, hujjatlar turadigan korxonalar atayin yoqib yuborilar, eski hokimiyat vakillari qochib qutulishga ulgurishar edi. Bu safar ular uchun kutilmagan, yangicha hokimiyat almashuvi yuz bermoqda. Shuning uchun eski hokimiyatga itdek xizmat qilgan, ularga ishonib xaddilaridan oshgan va noqonuniy ish harakatlarni bevosita olib borgan kuch organ xodimlari oʻta noqulay ahvolda qolishdi. Ular endi bor salohiyatlari bilan vaziyatlarga taʼsir koʻrsatishga harakat qilishadi.

 Endi eski rejimdan qolgan organ yetakchilari vaziyatni yana oʻz yoʻnalishlari tomon burib, kuch tizimlari ichida yana oʻzlarini taʼsirli shaxslar ekanini koʻrsatib, Islom va musulmonlarga qarshi kurashni yangidan kuchaytirishmoqchi! Ogoh boʻlaylik! Bu jirkanch maxluqlar bu safar burchakka taqalib turishibdi! Ular avval jurʼat qilmagan iflos qoʻporuv amaliyotlarini amalda qoʻllab yuborishlari mumkin! Chunki Qirgʻizistonda qoʻporuv amaliyoti musulmonlarning ham moddiy, ham sharʼiy manfaatiga ziddir! Demak, uchinchi kuch vakillari uchun hatto jangari musulmonlar ham bu iflos ishlarni bajarib berishi amri mahol! Shuning uchun ularning oʻzlari mamlakatni parokanda qilib, korruptsiyaga qarshi borayotgan muhitni boshqa tomonga burib yuborish maqsadida eng iflos ishlar qilishgacha borishlari mumkin.

 Biz, sizlar aytayotgan xavfli muhit aslida oʻzlaring bir birlaring bilan olib borayotgan mansabparastlik kurashlaring oqibatidan kelib chiqishi mumkin ekanligini bilamiz! Ovvora boʻlmanglar, begunoh odamlarni oʻlimiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan jinoiy harakatlardan oʻzlaringni tiyinglar! Biz musulmonmiz! Biz qoʻporuv ishlarini olib bormaymiz! Sizlarga ham bu ishni bizning nomimizdan amalga oshirishlaringga yoʻl bermaymiz! degan shiorlar bilan chiqmasak, ular ustimizda xohlagan iflos ishlarni boshlab yuborish arafasida turishipti! Ogoh boʻlaylik musulmon birodarlar!!!

Izohlar yo'q