Serj Sargsyan isteʼfoga chiqdi

0
790

5480279 20.04.2018 Участники акции протеста против избрания премьер-министром Армении бывшего президента Сержа Саргсяна на площади Республики в Ереване. Асатур Есаянц / Sputnik

Serj Sargsyan isteʼfoga chiqdi

 Armaniston bosh vaziri Serj Sargsyan isteʼfoga chiqdi. Bu haqda hukumat saytida maʼlum qilingan.

 “Nikol Pashinyan haq edi. Men nohaq edim. Bu mening joyim emas. Men mamlakat rahbarligini boʻsh qoldiraman”,- deyilgan xabarnomada. Endilikda Karen Karapetyan vaqtinchalikka mamlakat bosh vazirligi lavozimini egallagan.

 Maʼlumki, Yerevanda soʻnggi ikki haftadan beri Serj Sargsyanning bosh vazir etib tayinlanishiga qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda – Sargsyan soʻnggi 10 yil davomida mamlakatga prezidentlik qilgan. Sargsyanning prezidentlik davrida Armaniston prezidentlik respublikasi edi, biroq u referendum orqali konstitutsiyaga oʻzgartish kiritdi va endi parlamentar respublikaga aylangan Armanistonga yana rahbarlik qila boshlagan edi.

 Qayd etilishicha, 22 aprel oqshomida koʻchalarga yuz mingga yaqin kishi chiqdi, bu MDH tarixidagi eng yirik mitingga aylandi.

Izohlar yo'q