Almazbek Atambayev QSDP partiyasi yetakchisi etib saylandi
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Qirgʻiziston Sotsial-demokratik partiyasi yetakchisi etib saylandi. Bu haqda Yevgeniya Berdnikova partiya qurultoyi yakunlari boʻyicha xabar bergan.
Uning soʻzlariga koʻra, kun tartibida ikkita masala boʻlgan: partiya faoliyati yakunlari haqida hisobot va yetakchini saylash.
Qurultoyga 191 delegat taklif etildi, 179 nafari roʻyxatdan oʻtdi.
Delegatlar orasida Salaydin Avazov, Farid Niyozov, Kushbak Tezekbayev, Muzaffar Isakov, Osmonbek Ortiqbayev, Doston Bekeshev, Isa Omurkulov, Azamat Arapbayev, Albek Ibraimov, Ikromjon Ilmiyanov boʻlgan.
Partiya qurultoyidan soʻng boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Almazbek Atambayev Qirgʻiziston prezidentini laganbardorlardan himoya qilish lozimligini aytib oʻtdi.
Uning aytishicha, prezident Sooronbay Jeenbekov korruptsiyaga qarshi kurash haqida faqatgina “chiroyli gaplargina” aytgan.
“Unga bunday chiroyli soʻzlarni yozib berishgan. Xavfsizlik kengashi aql markazi boʻlishi kerak, sen formada yoki formadamasligingni tekshirishi kerakmas. Jeenbekov oʻz yoʻli boshida turibdi, unga yordam berish lozim. Har bir kishi oʻz uchastkasiga javob berishi kerak. Uni aldashganda va u bunday soʻzlarni oʻqiganda, men hujjatlarni koʻrsatishga majbur boʻlaman”,- deb aytgan Atambayev.
“Men bir kun ham xizmat qilmagan Temir Jumakadirovni ishga chaqirganman. Men 90-yillar boshida restoran ochayotganimda ham avval bu sohada ishlamaganlarni ishga olganman. Xavfsizlik kengashi ishlar edi. Hozir ham shunday boʻlishi kerak. Bunday soʻzlarni suqishtirish kerak emas. Men prezidentga ishonaman. Biz uni laganbardorlardan himoya qilsak, u munosib ravishda vazifasini ado etadi. Men hech kimni yoʻnaltirmoqchimasman. Agar u yoki boshqa bir kishi maslahat soʻrasa, men unga nima qilish kerakligini aytaman. Kitoblarda yozilmagan bilimlar bor. Mening vazifam falokatga olib kelishi mumkin boʻlgan narsani unga aytishdir”,- deb qoʻshimcha qilgan sobiq prezident.
Turkiston:
Qirgʻiziston boshqaruv mexanizmi korruptsiyalashgan sistema bilan deyarli qorishib ketdi. Hukumat vakillari hokimiyatdan faqat oʻzlarining manfaatlarini roʻyobga chiqarish maqsadida foydalanishadi. Atambayev bilan Jiyanbekov oʻrtasidagi kelishmovchilik ham, shaxsiy manfaat talashish asosiga qurilgan. Bu holat 2014 yildan keyingi Atambayev bilan Tekebayev oʻrtasida yuzaga kelgan keskinlik holatini va keyinroq 2010 yilda paydo boʻlgan muvaqqat hukumat davrida shakillangan vaziyatlarni esga soladi.
Atambayev bilan Jiyanbekov oʻrtasidagi keskinlik ham, muvaqqat hukumat bilan Atambayev oʻrtasida kelib chiqqan keskinlik singari, shaxsiy manfaatlar uchun eng qulay boʻlgan tarmoq talashish ortidan kelib chiqqan. Bu keskinliklar avval boshda mansab oʻrinlarini talashishdan boshlanib, keyin bir birlarining jinoiy korruptsiyalashgan harakatlarini ochib yuborish bilan davom etadi. Hozir Atambayev saltanatdan tashqarida turgan siyosiy yetakchi vazifasida. Bu boshqaruv sistemasini mafiyalashgan boshqaruv sistemasi bilan tenglashtirish mumkin. Lekin Atambayevning mafiya boshchisidan farqi shundaki, u mamlakatni banditlar toʻdasi bilan emas, balki hukumat, IIM, sud, prokuratura va davlat xavfsizlik xizmati xodimlari quvvati vositasi bilan boshqarib bormoqda. Mamlakatning bu tarmoqlari amaldagi prezidentga deyarli boʻyin sunmaydi. Yilning boshidan prezident bu tarmoqlarda reforma (kadrlarni almashtirish bilan tozalash) ishlarini boshlab yubordi. Bu harakatlar Atambayevning “jinoiy sindikati” uchun kuchli zarba edi.
Soʻnggi kutilgan vaziyatlar: Atambayev ishni QSDP partiyasida tozalash ishlaridan boshlaydi. Jiyanbekov oʻzi uchun yangi partiya tuzadi, SDPKdan haydalgan siyosatchilar unda yetakchi oʻrinlarni egallaydi. Qirgʻiz elitasi ikkiga boʻlinib, uning kuchli va koʻproq qismi Jiyanbekov tomonida turishi kutilyapti. Kadrlar almashuvi va har bir tarmoqda reforma ishlari kuchaytiriladi. Kuch organ xodimlari ichida ham boʻlinishlar kutilyapti. Ularning koʻpi jinoiy javobgarlikka tortilishadi.
Bu vaziyatlarga nisbatan Atambayevchilar bir qator qarshiliklar koʻrsatishlari natijasida, maxfiy hujjatlar balqib chiqa boshlaydi. Qirgʻiz millatini shimoliy va janubiy qilib, ikkiga boʻlish harakatlari kuchayadi. Har ikki tomon xalq eʼtiborinini oʻz tomoniga tortish maqsadida matbuot kurashini kuchaytirishadi. Atambayev “oxirgi referendum bilan Qirgʻiziston konstitutsiyasiga kiritilgan parlament boshqaruv sistemasiga oʻtishimiz kerak” degan asosni, kurashning markazi qilib belgilab oladi. Mazkur boshqaruv sistemasiga binoan, hozir mamlakatni bosh vazir boshqarishi kerak.
Eslatib oʻtamiz: bu kurashlarda Islom va musulmonlar uchun hech qanday manfaat yoʻq! Akayev va Bakiyevlarni hokimiyatdan quvib yuborilishi ortidan, keyingilarining kelishi bilan islomiy muhit yana ham buzilib borayotgani bunga misol boʻla oladi. Bu kurash kufr sistemasi ichidagi yetakchi guruhlar oʻrtasida manfaat talashish kurashidir. Shuningdek ular bir birlari bilan kurash olib borishlarida harom, gʻirrom va boʻhtonlarga toʻla barcha kufr vositalaridan foydalanishadi. Shuning uchun Qirgʻiziston musulmonlarini bu kabi iflos va oxirati uchun zararli boʻlgan kurashlarda ishtirok etishda ehtiyot boʻlishga chaqiramiz! Albatta, biz ustimizda ketayotgan bu jarayonlardan bir chetda qarab tura olmaymiz! Chunki ular talon taroj qilib kelishayotgan va hozir talashishayotgan manfaatlar aslida ummat manfaatlaridir! Shuning uchun har bir harakatimiz, siyosiy kurashlarimiz va fikriy yetakchilikka asoslangan daʼvatlarimizning barchasi shariatga muvofiq tarzda yoʻnaltirilishi lozim. Yaʼni, jamiyatdagi Olloh rozi boʻladigan islomiy muhitni saqlab qolish, uni toptamoqchi boʻlayotgan har qanday kufr malaylaridan omonda saqlash, ularning gʻoyriislomiy va musulmonlarni chalgʻitish maqsadida olib borishayotgan rejalaridan ummatni ogoh qilib borish singari harakatlarimiz bilan siyosiy islomiy faoliyat va davat olib boramiz insha Olloh!!!