Kim afv qilib tuzatsa, bas uning ajri Allohning zimmasidadir

0
843

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Allohga hamd boʻlsin. Allohning Rosuliga, ul zotning oilalari, sahobalari va ul zot bilan doʻst boʻlganlarga salotu salomlar yogʻilsin, ammo baʼd:

Baʼzi birodarlar menga maktub yoʻllab, Hizbning hijriy 1372, milodiy 1953 yilda oʻz faoliyatini boshlagan vaqtdan beri Hizbga bergan ahdini-qasamini buzgan yoki Hizbni tark qilgan yoxud jazo olgan yigitlar ishini qayta koʻrib chiqishimni hamda oralaridan afv etishga loyiqlarini afv etishimni talab qilibdi. Shuningdek, bu narsa ularga daʼvatni yetkazish uchun yangi imkoniyat boʻlishini aytib, ajab emaski, bundan toʻgʻri foydalanib, Allohning huzuriga toza-sof holda borsalar va kimda­kim

 عَفَا وَأَصْلَحَ فَأَجْرُهُ عَلَى اللَّهِ 

“Afv qilib tuzatsa, bas uning ajri Allohning zimmasidadir” debdilar.

Qadrli birodarlar! Men bu ishni har tomonlama tadabbur qilib chiqdim: ishga oldidan ham, ortidan ham, oʻngidanu soʻlidan ham yondashib koʻrdim… Ana shunda Alloh qalbimni bir narsaga ochdiki, oʻshanga qaror qildim:

Qasamini buzgan yoki tark qilgan yoxud muvaqqat ehmol yo ehmoli tom bilan jazolangan va bu jazosi ommaga tarqatilgan yoki tarqatilmagan yigitlarning barchasini afv qilish. Bunda ular oʻz yurtlaridagi masʼullari orqali, moʻʼtamadning tasdiqi asosida bizga maktub yuboradi va maktubda quyidagilarni tasdiqlaydi:
a)   Qasamini buzganiga yoki Hizbni tark qilganiga yoxud uqubat olganiga pushaymonligini tasdiqlaydi;

b)   Azizu Hakim Allohga bunday ishga aslo qaytmaslikka vaʼda beradi;

v)   Agar internetda sahifasi boʻlsa, undagi Hizb va qiyodatiga nisbatan aytilgan yomon gaplar yoki tushunchalarni oʻchirib tashlaydi;

g)   Uch kecha qiyomullayl qilib, Allohga istigʻfor aytadi va tavba qiladi. Allohning guvohligida sidqidildan pushaymon boʻlib, ahd beradi. Bizga yozgan maktubida buni zikr qiladi.

Agar shunday qilsa, biz u qilgan ishlarni xuddi boʻlmagan, deb hisoblaymiz, qayta qasam ichganidan soʻng Hizb uni yangitdan oʻz safiga oladi. Agar muvaqqat ehmol olgan boʻlsa, yuqorida aytilganlarni ado etganidan soʻng biz u qilgan ishni xuddi boʻlmadi, deb hisoblaymiz, Hizb uni qayta qasam ichmasidan oʻz safiga oladi.

Bu afvdan quyidagi uch toifa mustasno:
a)   Kim Hizbga xiyonat qilib, isyon va boʻlinish boshida turgan boʻlsa;

b)   Kim Hizb qiyodatiga xiyonat qilib, unga tuhmat qilgan boʻlsa va qasddan yolgʻon gapirgan boʻlsa;

v)   Kim yetimning moliga xiyonat qilib, uni yegan boʻlsa, zoye ketkazgan boʻlsa va bu qilmishida qattiq tursa.

Ularni afv qilishga qaror qilganimdan koʻngli toʻlmagan birodarlarga bunday deyman: men salohiyat sohibiman. Sizlarning vazifangiz esa, menga itoat qilish, hurmat koʻrsatish hamda salohiyatim doirasida chiqargan qarorlarni ijro etib, itoatsizlik qilmaslikdir. Qolaversa, men bu masalada ijtihod qildim va toʻgʻri ish qilgan boʻlishimni Alloh Subhanahudan soʻrab qolaman.

 وَمَنْ يُؤْمِنْ بِاللَّهِ يَهْدِ قَلْبَهُ 

“Kim Ollohga imon keltirsa, U zot uning qalbini (toʻgʻri yoʻlga) hidoyat qilur”.

Alloh yordam bersin.

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

2 rajab 1439h

20 mart 2018m

Izohlar yo'q