Turkmanistonda zoʻravon va qotillar afv etildi ammo siyosiylar ozod qilinmadi

0
944

Turkmanistonda zoʻravon va qotillar afv etildi ammo siyosiylar ozod qilinmadi

 “Alьternativnыe Novosti Turkmenistana” xabariga koʻra, Turkmanistonda Navroʻz munosabati bilan eʼlon qilingan afv tufayli avval nomusga tegish hamda qotilliklar uchun sudlangan shaxslar ozod etildi.

 Xususan, Tejen shahridagi koloniyadan 10 kishi ozod etildi – bari “Qasddan odam oʻldirish” moddasi boʻyicha qamalgandi. Lebap viloyatidagi LB-K/12 umumiy rejimdagi koloniyadan 300 mahkum ozodlikka chiqarildi, ular orasida avval nomusga tegish uchun sudlangan shaxslar boʻlgan.

 Prezidentning afv etish toʻgʻrisidagi farmoni 2016 yilda qamalgan Gaspar Matalayevni chetlab oʻtgan. Oʻshanda u firibgarlik va pora berish boʻyicha yolgʻon ayblovlar bilan, aslida esa – paxta yigʻim-terimi vaqtida majburiy mehnatdan foydalanishni monitoring qilgani uchun qamoqqa tashlangan.

 Nashr maʼlumotlariga koʻra, 2015 yilda tramadol taqiqlangan moddasini saqlash boʻyicha yolgʻon ayblovlar bilan qamalgan jurnalist Saparmamed Nepeskuliyev, hamda turkman narkoxizmati xodimlari tomonidan oʻziga va boshqa etnik belujiylarga nisbatan qoʻllangan qiynoqlar boʻyicha shikoyat bergani uchun 22 yilga qamalgan Mansur Mingelov ham ozod etilmagan.

 “Gaspar Matalayev va Saparmamed Nepeskuliyev faqatgina Turkmanistondagi sharoitlar haqida ochiq aytishga harakat qilib koʻrishgani uchun qamoqda saqlanmoqda. Hukumat ularni darhol ozodlikka chiqarishi kerak”, – deya aytib oʻtdi Human Rights Watch huquq himoyasi tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻlimi direktori oʻrinbosari Reychel Denber nashr bilan suhbatda.

Izohlar yo'q