BMT Sharqiy Gʻutaga yordam sifatida qurtlagan oziq-ovqat yubordi

0
855

BMT Sharqiy Gʻutaga yordam sifatida qurtlagan oziq-ovqat yubordi

 Suriyaning Sharqiy Gʻuta mintaqasiga yuborilgan BMT insonparvarlik yordam paketidagi oziq-ovqatlar eskirib, qurtlab ketgani maʼlum boʻldi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi Suriyada Asad armiyasi va Rossiya havo kuchlari tarafidan oddiy aholining qatliom qilinishi ortidan bir oylik gumanitar sulh tuzish haqida rezolyutsiya qabul qilgan edi. Ushbu rezolyutsiyaga binoan BMT tomonidan 27500 kishi uchun yordam sifatida bugʻdoy uni, shuningdek yosh bolalar uchun maxsus oziq-ovqat mahsulotlari ham tarqatildi.

Biroq BMT Sharqiy Gʻuta aholisiga yuborgan yordam paketlari ochilganda uning ichidagi oziq-ovqat mahsulotlaridan qurtlar chiqqanligi aytilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda paydo boʻlgan tasvirlarda BMTga oid xayriya tashkilotlari tomonidan yuborilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan qurt chiqqanligini koʻrish mumkin. Xabarlarda aytilishicha, paketlangan ayrim mahsulotlar qurtlab ketgan boʻlsa, ayrim mahsulotlarning isteʼmol qilish muddati oʻtib ketganiga ancha boʻlgan.

Qurtlab ketgan mahsulotlarning suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda namoyish qilgan suriyaliklarning daʼvo qilishicha, yordam uchun kelgan baʼzi bir oziq-ovqat mahsulotlari hidlanib ketganligi sababli isteʼmol qilishga yaroqsiz ahvolga kelib qolgan.

http://www.iha.com.tr/video-bmnin-yardim-paketlerinden-kurtlanmis-yiyecek-ciktigi-iddiasi-116798/

Izohlar yo'q