Oʻzbekistonga vizasiz  safar qilishga shoshilmang!

0
852

Oʻzbekistonga vizasiz  safar qilishga shoshilmang!

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi hayʼat aʼzolari Tojikistonlik hamkorlari bilan Dushanbe shahrida bir qancha hujjatlarga imzo qoʻyishdi. Bitimga binoan, ikki mamlakat fuqarolari 30 kun mobaynida vizasiz tarzda kirdi-chiqdi qilishlari mumkin boʻldi. Ammo Oʻzbekiston chegara posti hali hanuzgacha Tojikiston fuqarolarining Oʻzbekistonga oʻtishiga ruxsat bermayapti. Kuch organlarini aytishicha, ushbu shartnoma faqat parlement tomonidan tasdiqlansagina kucha kiradi.

“Aziya Plyus” nashri, Tojikiston ichki ishlar vazirligiga qarashli manbaga tayanib xabar berishicha, garchi yangi shartnoma imzolangan boʻlsa-da, Tojikiston fuqarolari qoʻshni davlatga vizasiz safarga chiqishga shoshilmasligi kerak. Zero Oʻzbekiston tomon maʼlum sabablarga koʻra mamlakat hududiga kirishlikka imkon berolmaydi.

 “Darhaqiqat, joriy yilning 9 martida ikki davlat orasida koʻp shartnomalar imzolandi, muvaqqat vizasiz rejim oʻrnatish ham shu shartnomalardan biri hisoblanadi. Ammo shunga qaramay, fuqarolarni ovora boʻlib chegara postlari oldida navbat kutib, umidvor boʻlishlaridan ogohlantiramiz. Chunki to Oʻzbekiston parlamenti qarorni tasdiqlab imzo qoʻymas ekan, uni joriy qilish imkoniyatimiz yoʻq”, deydi manba.

“Aziya Plyus” xabiga koʻra, Tojikiston kuch tizimi shartnomaning iloji boricha qisqa  muddatda tatbiq etilishi xususida qaygʻurmoqda. Maʼlum boʻlishicha, Tojikiston va Oʻzbekiston orasidagi vizasiz rejim, uzogʻi bilan bir oy mobaynida parlament tarafidan koʻrib chiqilib, tasdiqlanadi. Ammo umumiy baho berganda, davlatlararo shartnomalar kamida uch oy mobaynida oʻz tasdigʻini topadi. Shunday ekan, yaqin kelajakda vizasiz rejim oʻrnatish, qisqa, cheklangan boʻlsa-da, ikki qoʻshni mamlakat fuqarolariga kenglik yaratishi  hozircha  amri mahol.

Endilikda faqat chegara atrofidagi tuman aholisi 5 kunlik vizasiz Oʻzbekiston hududiga kirishlikka  haqli xolos.

Yuqoridagi shartnoma Mirziyoyev rahbarligida imzolangan muhim shartnomalardan biri hisoblanadi. Safar chogʻida ikki mamlakat orasida jami 40 shartnoma imzolandi, ular orasida 27 tasi davlatlararo shartnomalar sirasiga kiradi.

Tojikiston, MDX davlatlari orasida Oʻzbekiston bilan vizalik aloqada boʻlgan yagona mamlakat hisoblanadi.

Izohlar yo'q