Shri-Lanka: musulmonlar tahlikada yashashmoqda

0
442

Shri-Lanka: musulmonlar tahlikada yashashmoqda

 Shri-Lankaning Kandi tumanida eʼlon qilingan favqulodda vaziyat va komendantlik soatiga qaramay, singal buddaviylarining musulmon ozchiligiga nisbatan zoʻravonligi davom etmoqda. Oʻz navbatida musulmonlar zoʻravonlarni toʻxtatish maqsadida hech qanday chora koʻrmayotganligi sababli Shri-Lanka hukumatidan norozi boʻlmoqda. Bu haqda “GolosIslama”ga asosan “azon.uz” xabar tarqatdi.

 “Men qoʻrquv ostida yashayapman va tunlari uxlay olmayapman. Oilamizdagi erkaklar bizni himoya qilish maqsadida koʻchaga chiqishdi, biz esa uyda qoldik. Politsiya bizni himoya qilmayapti. Ular shunchaki koʻproq hujum boʻlishini kutib turishibdi. Buyogʻiga nima boʻlishini bilmaymiz”, – deydi “Al Jazeera”ga intervьyu bergan 25 yoshli Kandida yashovchi Fotima Rizqa.

 Payshanba kuni politsiyachi va askarlarni inobatga olmaganda Kandining aksar shaharlari boʻm-boʻsh edi.

 Fotima Rizqa oʻz intervьyusi davomida Kandida buddaviylar juma kuni musulmon erkaklar yigʻilib namoz oʻqiyotgan vaqtida hujum qilishni rejalashtirayotgani haqida gap-soʻzlar paydo boʻlmoqda. Uning aytishicha, musulmonlar jamoasi erkaklar namoz oʻqiyotgan paytda uyda qolgan ayollar va bolalarning xavfsizligini taʼminlashi zarur.

 Soʻnggi zoʻravonlik harakatlari yakshanba kuni boshlandi. Oʻsha kuni Kandi tumanining Teledeneniya shahrida yuz bergan yoʻl transport hodisasi natijasida singal buddaviylariga mansub kishi musulmonlar tomonidan kaltaklangan edi.

 Kelasi kuni yuzlab singal buddaviylari tumanda yigʻildilar va oʻnlab musulmonlarning binolariga, uylar va masjidlarga hujum uyushtirdilar. Koʻplab muassasalar yoqib yuborildi.

 Zoʻravonlik harakatlari boshlanganidan beri xavfsizlik kuchlari hujumlarni uyushtirgan odamlarni qoʻlga olgani yoʻq. Musulmonlar esa hukumat tomonidan himoya qilinayotganlarini his etishmayotganini bildirishmoqda.

Izohlar yo'q