Lavrov: AQSh harbiylari dunyoda kengayib bormoqda

0
515

Lavrov: AQSh harbiylari dunyoda kengayib bormoqda

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQShning butun dunyodagi harbiy mavjudligi qisqarib borayotgani haqidagi gaplarga qoʻshilmasligini bildirdi. Euronews telekanaliga intervyu bergan Lavrov, AQShning xalqaro maydonda harbiy jihatdan kengayib borayotganini taʼkidladi va bunga AQShning Suriyadagi holatini misol qilib keltirdi.

“Amerika snayperlari va boshqa maxsus kuchlari Suriya hududida noqonuniy ravishda va Damashqdan biron-bir rasmiy taklifnoma yoki BMT Xavfsizlik kengashidan ruxsat olmasdan mavjud boʻlib turibdi”, “Qoʻshma Shtatlar maʼlum bir strategiyaga ega ekanligiga shubha yoʻq. Menimcha u barcha vaʼdalarni buzgan holda oʻtmishda Iroq va Afgʻonistonda sodir etilgani kabi Suriyada ham oʻz harbiylarini abadiy saqlab qolish istagida”, dedi Lavrov “euronews”ga bergan intervyusida.

Shuningdek Sergey Lavrov Qoʻshma Shtatlarni Afgʻonistonda yuritgan harbiy faoliyatlarida hech qanday natijaga erisha olmaganlikda aybladi.

 “Qoʻshma Shtatlar 15-16 yildan buyon Afgʻonistonda faoliyat yuritib kelmoqda. Hech qanday yaxshi vaziyat yuzaga kelmadi. Terror tahdidini yoʻq qilolmadi, giyohvand moddalar ishlab chiqarish esa 10 barobardan ham oshib ketdi”, “Bu biz uchun ham, Markaziy Osiyodagi hamkorlarimiz uchun ham tashvish tugʻdiradi. Aslida bu Yevropani tashvishga solishi kerak. Chunki narkotik moddalar u yerga ham yetib boryapti. Terrorchilar hech bir toʻsqinlikka uchramagan holda butun dunyoga tarqalmoqda”, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

 “Xuddi shunday holat Iroqda ham yuz berdi. Vashington Barak Obamaning davrida Iroqdan butunlay chiqib ketishni eʼlon qilganidan keyin yana Iroqqa qaytib oʻz faoliyatini davom ettirdi va kelajakda ortadi ham”, deya qoʻshimcha qildi Lavrov.

Izohlar yo'q