MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari Moskvada muzokara oʻtkazadi

0
1050

MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari Moskvada muzokara oʻtkazadi

 MDH davlatlarining terrorizmga qarshi kurash tuzilmalari rahbarlari Moskva viloyatining Odintsovo shahrida global terrorizm tahdidi yuzaga kelishi sharoitida birgalikdagi faoliyat yoʻnalishlarini muvofiqlashtirish uchun yigʻilishadi, deya xabar berdi MDH terrorizmga qarshi kurash markazi matbuot-byurosi.

 MDH davlatlarining xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari, ustav organlari va hamdoʻstlikdagi shu soha boʻyicha hamkorlik organlari, xalqaro tashkilotlar, Rossiyaning qator idoralari vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

 “MDH TQM Moskva viloyatidagi Odintsovoda MDHga aʼzo davlatlar terrorizmga qarshi milliy markazlari rahbarlarining “MDH ishtirokchi davlatlarining terrorizmga qarshi kurash sohasida vakolatli organlari oʻrtasidagi hamkorlikning dolzarb yoʻnalishlari” mavzusida XI-kengashini oʻtkazadi”, – deyiladi xabarda.

 Kun tartibida zamonaviy bosqichda terroristik tahdidlarni baholash ham bor. Xususan, Suriya-Iroq zonasida global terroristik tahdidning oʻzgarishi sharoitida vaziyat rivoji, xalqaro terroristik tashkilotlar manfaatlarining dunyoning boshqa mintaqalariga ehtimoliy kirib borishi, MDH davlatlari tashqi chegaralarida terroristik holatlar ehtimoliy shakllari muhokama qilinadi.

 Yigʻilish ishtirokchilari shuningdek, tegishli xavfsizlik organlari oʻrtasida qaynoq nuqtalarda jang qilgan xalqaro terrorchilarning oʻz mamlakatlariga qaytib kelishi sharoitida oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlarini ham belgilab oladilar.

 2018 yilga moʻljallangan, MDH terrorizmga qarshi birgalikdagi mashqlarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratiladi.

Izohlar yo'q