AQSh Yevropaga 1,3 mlrd dollarlik harbiy texnikani yubormoqchi
AQSh Yevropaga 2019 yilda umumiy qiymati 1,3 mlrd dollar boʻlgan harbiy texnikani Yevropada bosib turish tashabbusi doirasida yuborishni moʻljallamoqda. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari quruqlikdagi qoʻshinlar byudjet rejalashtirilishi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Devis Uelsh xabar berdi.
Maʼmuriyat tomonidan 2019-moliyaviy yil uchun byudjet rejasi Yevropaga “qiymati 455 mln dollar boʻlgan 40 ta Abrams tanki, 250 mln dollarlik 62 ta MSE raketasi, 230 mln dollarlik 66 ta AMPV koʻp nishonli zirhli texnika, 61 ta Bradley piyoda zirhli mashinasi, shuningdek, 171 mln dollarlik HIMARS raketalari” yetkazib berilishini nazarda tutadi”, – deya aytib oʻtdi Uelsh brifingda.
U ushbu texnikalar aynan qayerga yuborilishiga aniqlik kiritmadi. Shuningdek Uelshning taʼkidlashicha, bular taxminiy raqamlar.