Achinarli haqiqat va uzoq yillik qashshoqlikdan darak beruvchi kelajak

0
609

Iroq bolalari…

Achinarli haqiqat va uzoq yillik qashshoqlikdan darak beruvchi kelajak

Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar fondi (Yunisef) 2018 yil 19 yanvar juma kuni “Iroq hukumati Davlat tashkilotiga qarshi olib borgan urush tufayli oʻtgan yili Iroqda 270 nafar bola oʻlim topdi” deya bayonot berdi. Shuningdek, uch yil davom etgan urush natijasida qochishga majbur boʻlgan 2.6 million qochoq orasida yosh bolalar soni 1.3 millionga yetdi. Bayonotga koʻra, Nenyaviy va Anbor muhofazasidagi toʻrt million bola kuchli zoʻravonlik taʼsiriga tushgan, shuningdek bolalardan bir qanchasi oldingi liniyada jang qilishga majburlangan. Bayonotda bildirilishicha, qashshoqlik va nizo Iroq yerlaridagi uch million bolaning taʼlim olishi toʻxtab qolishiga sabab boʻlgan. Baʼzi bolalar oʻz hayotida dars sinflarida oʻtirish imkoniga ham ega boʻlmagan. Ayni paytda Iroqda bolalarning toʻrtdan biri qashshoqlikda yashamoqda.

Bayonotda bildirilgan bunday yoqimsiz statistik maʼlumotlar yangilik emas va bu ajablanarli holat ham emas. Chunki oʻnlab yillar davomida Iroq fuqarolari ichki nizolar va adolatsiz urushlar badalini toʻlab kelishmoqda. Bunday urushlarni mustamlakachilar bevosita oʻzlari yoki malaylari orqali olib borishmoqda. Masalan, Amerika 2003 yili Iroqni bevosita oʻzi bosib olgan boʻlsa, uning malayi Molikiy Davlat tashkiloti qarshisida Mosuldan Iroq kuchlarini olib chiqib ketdi, keyin Ibodiy Davlat tashkilotiga qarshi jang qilib Mosulni qaytarib oldi. Iroq biror boʻhron yoki urushdan chiqib ulgurmasidan yana boshqa urushga va boʻhronga kirmoqda. Bu urushlar va boʻhronlarning eng eʼtiborli tomoni shuki, ular davomida mustamlakachilar manfaatiga xizmat koʻrsatish yoʻlida yurt vayron boʻldi, yurt aholisi hayoti jahannamga aylandi.

Ushbu bayonotdan hamda bundan boshqa bayonot va xabarlardan koʻrinib turibdiki, Davlat tashkilotiga qarshi urushda Ibodiy qoʻlga kiritilganini eʼlon qilgan “katta gʻalaba” yosh bolalar va ayollar ustidan erishilgan gʻalaba boʻldi. Uning bu gʻalabasida yuzlagan bola oʻldirildi, jarohat oldi va millionlagan bola qochoqqa aylandi. Shuningdek, bu gʻalabada Mosuldagi va undan boshqa mintaqalardagi fuqarolar Davlat tashkiloti bilan Iroq kuchlari oʻrtasida qurshovda qoldi. Ular bu qurshovda ochlikdan azob chekishdi, oziq-ovqat va dori-darmon yetishmagani tufayli bolalar orasida, xususan emizikli goʻdaklar orasida kasalliklar kuchaydi. Shuningdek, bu mintaqalarda bolalardan jonli qalqon sifatida foydalanildi, qolaversa baʼzida ular janglarda qatnashishga majbur qilindilar.

Ushbu statistik raqamlar Iroq bolalarining ayanchli ahvolini koʻrsatib turibdi hamda bolalar orasida qashshoqlik va savodsizlik kuchaygan bir manzarada kelajak yanada ogʻir boʻlishidan darak bermoqda. Biz shunday savol tashlaymiz: Uni tugatish uchun ushbu urush alanga oldirilgan terror shumi?! Bu urushlarni alanga oldirganlarning oʻzlari va ularning malaylari haqiqiy terrorchilar emasmi?!

Ey musulmonlar!

Bizning oʻgʻlonlarimiz va pokiza qizlarimiz qonini oqizayotgan bu urushlar qachongacha davom etadi?! Bu urushlar mevasini mustamlakachilar yigʻayotgan bir paytda farzandlarimiz qachongacha tang-baxtsiz hayotda kun kechiradilar?! Bu malay hukmdorlarni qulatib ularning oʻrniga bizni Robbimiz kitobi bilan boshqaradigan, shon-sharafimizni tiklaydigan xolis hokimni tiklash vaqti kelmadimi?! Qalblar azizlik kunlariga oshiqmayaptimi?! Zero, u kunlarda xatib bulutga “istagan joyingga yomgʻir yogʻdir, chunki uning xiroji musulmonlar baytulmoliga qaytadi” deya murojaat qiladi. Qalblar azizlik kunlariga oshiqmayaptimi?! Chunki u kunlarda musulmonlar or-nomusi, joni himoya qilinadi va tajovuzkorlarga “sizlarga oʻzingiz koʻrmagan va eshitmagan javob qaytariladi” deya xitob qilinadi. Ha, Allohga qasamki, qalblar oʻsha kunlarga oshiqmoqda. Musulmonlar armiyalari ichida nidoga javob qiluvchi, oʻsha shonli kunlarni qayta tiklab dunyoyu oxirat yaxshiligini qoʻlga kirituvchi bormi?!

 وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ 

“Oʻsha kunda moʻminlar Alloh nusrat bergani sababli shodlanurlar. (Alloh) Oʻzi xohlagan kishiga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir” [Rum 4-5]

Usmon Baxxosh

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi raisi

telefon-faks: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Izohlar yo'q