Tramp: Tolibon bilan muzokaralar boʻlmaydi

0
841

Tramp: Tolibon bilan muzokaralar boʻlmaydi

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp toliblar bilan muzokaralarni istisno etib, Kobulda yuz bergan qator terrorchilik hujumlaridan soʻng ularni “tugatish” haqida vaʼda berdi. Ushbu teraktlar oqibatida yuzlab insonlar halok boʻldi va jarohat oldi, deb xabar qilmoqda “Amerika ovozi”.

 Tramp Oq uyda BMT Xavfsizlik kengashi elchilari delegatsiyalari bilan uchrashuvdan soʻng, jangarilarni “magʻlub etish uchun yana nima qilish kerakligi” haqidagi masalani koʻtarishi haqida maʼlum qildi. “Tolibon bilan muzokaralar boʻlmaydi”, – deya aytib oʻtdi u. Shu tariqa, Tramp Afgʻonistondagi mojaro diplomatik yoʻl bilan hal etilmasligini aniq bildirdi.

 “Ular hamma joyda odamlarni oʻldirishmoqda. Aybsiz insonlar halok boʻlmoqda, portlashlar, qotilliklar butun Afgʻoniston boʻylab roʻy bermoqda. Shuning uchun biz Tolibon bilan muzokaralar oʻtkazishni xohlamaymiz. Ehtimol, bu roʻy berar, biroq hozir emas”,- degan Donalьd Tramp.

Turkiston:

Amerika hukumati kerak boʻlgan vaqtda siyosiy manyovrlar oʻtkazishga imkon qoldirish uchun har qanday tashkilot yoki har qanday davlat bilan muomala qilayotganda ikkiyoqlama siyosat yuritishi barchaga maʼlum. Rasmiy Vashington Tolibon harakatiga nisbatan ham huddi shu asosdan turib munsabat bildirib keladi.

AQSh prezidentining rasmiy vakili Erik Shulьts 2015 yil 29 yanvar kuni jurnalistlar bilan boʻlgan uchrashuvida “Oq uy afgʻon Tolibonini terrorist emas, balki qurolli isyonchilar”, – deb hisoblashini maʼlum qilgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday farqlash amerikalik harbiy xizmatchi Boui Bergdalni Guantanamo maxsus qamoqxonasida saqlanayotgan bir nechta mahbuslarga almashtirish vaqtida ahamiyatli boʻlgan.

 Shulьtsning soʻzlariga koʻra, garchi soʻngi yillarda garovga olish holatlari koʻpaygani sababli prezident yordamchisi Liza Monako boshchiligida bu munosabat qayta koʻrib chiqilayotgan boʻlsada, AQSh hukumatining anʼanaviy terrorchilar bilan muzokalardan bosh tortishi oʻz kuchini yoʻqotmagan. Bergdal bilan bogʻliq vaziyatda “Afgʻonistonda urish tugaganligi” va AQSh prezidenti Barak Obamaning “u yerda qaysidir amerikalik harbiy xizmatchini taqdir izmiga tashlab qoʻyishni xohlamagani”ni  ham hisobga olinganini aytib oʻtgan edi.

 AQSh moliya vazirligi tomonidan Afgʻoniston Tolibon harakatini terrorchi tashkilotlar roʻyxati kiritib, unga qarshi sanktsiyalar qoʻllagan. AQSh milliy aksilterror markazi ham Tolibonni terrorchi tashkilot hisoblaydi.

 Biroq, AQSh davlat departamentining “xorijiy terrorchi tashkilotlar” roʻyxatiga Tolibon harakati kiritilmagan.

Izohlar yo'q