AQSh davlat kotibi Yevropa davlatlariga safar qiladi

0
482

AQSh davlat kotibi Yevropa davlatlariga safar qiladi

 AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Yevropa davlatlari boʻylab bir haftalik turneni amalga oshiradi. Bu haqda Qoʻshma Shtatlar Davlat departamenti xabar berdi.

 Tillerson 21-27 yanvar kunlari Buyuk Britaniya, Frantsiya, Shveytsariya hamda Polьshaga boradi.

 Turne Londonga tashrifdan boshlanadi, u yerda Amerika diplomatiyasi yetakchisi Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson bilan uchrashadi. Eron, Suriya, Liviya, Ukraina va KXDR mavzusini muhokama qilish rejalashtirilgan.

 Parijga Tillerson 23 yanvar kuni kelib, Frantsiya hukumati vakillari bilan muzokaralar oʻtkazadi.

 24-26 yanvar kunlari esa davlat kotibi Shveytsariyaning Davosidagi Butunjahon iqtisodiy forumida ishtirok etadi.

Turne 26 yanvar kuni, Tillersonning Varshavadagi muzokaralari bilan yakunlanadi.

Izohlar yo'q