Jeenbekov: Odamlarga anʼanaviy din asoslarini yetkazish kerak

0
844

Jeenbekov: Odamlarga anʼanaviy din asoslarini yetkazish kerak

 Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov soʻnggi yillarda dunyoda jamiyatni radikallashtirish va ekstremistik, terroristik gʻoyalarni tarqatishda diniy muhitdan foydalanish harakatlari kuchayib, bunday koʻrinish Qirgʻiziston uchun ham tahdid tugʻdirayotganini taʼkidladi. Bu haqida prezident 5-yanvar kuni Din ishlari boʻyicha davlat komissiyasi direktori Zayirbek Ergeshovni qabul qilgan vaqtda aytib oʻtdi.

 “Aholining diniy soha boʻyicha taʼlim darajasini yaxshilash, barcha madrasa va boshqa diniy taʼlim mahkamalarida yagona oʻquv dasturi ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish zarur. Bu maqsadda Din komissiyasi diniy tashkilotlar, muftiyot, hududlardagi hokimyat vakillar, “Iymon” fondi bilan oʻzaro hamkorliklarini yanada kuchaytirishlari lozim. Aholiga anʼanaviy din asoslarini yetkazish kerak”,- dedi Jeenbekov.

 Jeenbekov din sohasidagi davlat siyosati dunyoviy davlat printsiplariga asoslangan boʻlishi kerakligini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, diniy tashkilotlar va oʻquv yurtlarining reyesterini yaratish, radikalizm tarqalishini oldini olish maqsadida ularning moliyalash va faoliyatlari nazoratini kuchaytirish zarurligini qoʻshimcha qildi.

Turkiston:

Mabda – oʻzidan tuzum kelib chiqadigan aqliy aqidadir. Yaʼni har qanday mabda oʻzining fikrat va tariqatiga ega boʻlishi shart.

Islomiy mabda, islomiy fikrat va islomiy tariqatdan iboratdir. Islomiy fikrat – inson gʻarizalarining tabiiy talabidan kelib chiqqan muammolari uchun sharʼiy yechimlardir. Yaʼni har bir narsa va harakatlarimizning sharʼiy bayonidir.

Islomiy tariqat – islomiy fikratni jamiyatda bor boʻlishi va muammolar muolaja qilinib borishini kafolatlaydigan sharʼiy hukmlar bayonidir. Yaʼni u har bir nosharʼiy buzuq muomila va harakatlarni taʼqiqlovchi va ularni jamiyatdan chetlatib yuborishni oʻz zimmasiga olgan hukmlardir.

Demak, islomiy fikrat islomiy tariqat bilan himoyalanishi vojib. Yaʼni har bir harom amal, uni taʼqiqlovchi yoki jamiyatdan yoʻq boʻlishini taʼminlovchi islomiy tariqat hukumlariga muhtoj! Islomni tushuna oladigan har bir musulmon buni inkor qilish kofirlik ekanini juda yaxshi biladi.

Qirgʻiziston hokimiyati “moʻʼtadil Islom” nomi bilan  tiqishtirilayotgan kufr loihasini ilgari surib keladi. Bu kufr loihasi islomiy fikratga asoslangan baʼzi hukumlarni oʻzining islomiy tariqatini inkor qilib, kufr tariqatlari bilan yechib borishga daʼvat qiladi! Chunki sharʼiy qoidaga binoan “Islom dinidan tashqaridagi barcha yechimlar kufr deb eʼtibor qilinadi”.

Kufr olamiy boshqaruv sistemasi islomiy yurtlar yetakchilarini va diniy arboblarini oʻzining moʻʼtadillikka asoslangan kufr loihasini ilgari surishga majburlab kelyapti. “Iymon fondi” deb nom berishgan yuqoridagi “tuzoq fondi” ham kufrning yirik aldov amaliyotining biridir!

Ammo ular “radikal” deb nom berib, oʻziga moyil toʻda vositasida jamiyatdan chetlatmoqchi boʻlayotgan kishilar, aslida islomni mabdaiy tuzum deb eʼtibor qilayotgan birodarlarimizdir! Bu dunyoda biz bir birimizni musulmon birodarim deb eʼtibor qilishga buyurilganmiz. Lekin Olloh kim musulmon, kim munofiq, yoki bilmagan holida kofir boʻlib qolganini bilib turadi. Qiyomat kuni barcha haqiqat ochiladi! Oʻsha kun kelgunicha barchamiz oʻz oʻrinlarimizni tiniq bilib olishimiz kerak!

Izohlar yo'q