Quddusni ikkiga boʻlish yechimini topdingizmi?!

0
867

Ey faqat norozilik bildirib, qoralab qoʻyuvchi hukmdorlar!

Quddusni ikkiga boʻlish yechimini topdingizmi?!

Amerikaning takabbur, kofir prezidenti Tramp oʻzining matbuot bayonoti orqali Quddusni yahudiylar davlati poytaxti, deya eʼlon qilgandan soʻng, prezident Erdogan ayni voqealar rivojini muhokama qilish uchun Istanbulda Islomiy Hamkorlik Tashkilotining favqulodda yigʻinini chaqirdi. Yigʻinning yakuniy bayonotida bunday soʻzlar kelgan: “Quddusni bosqinchi “Isroil”ning (ular daʼvo qilayotgan) poytaxti, deya tan olish bilan bogʻliq AQSh prezidentining noqonuniy va masʼuliyatsizlik bilan bergan bir taraflama qarorini keskin qoralaymiz va buni rad etamiz. Biz – bu qarorni Falastin xalqining milliy, tabiiy, qonuniy va tarixiy huquqlarini buzuvchi hamda bekorchi va bemaʼni qaror deb hisoblaymiz. Shuningdek, bu qarorni tinchlikka erishishga doir barcha saʼy-harakatlarni qasddan bekorga chiqaruvchi, ekstremizm va terrorizm foydasiga xizmat qiladigan hamda ikki davlatning tinchlik va xavfsizligiga rahna soladigan qaror, deb bilamiz”.

Har doimgidek, qoralab qoʻyishdan boshqa narsaga yaramaydigan hukmdorlar toʻdasining bu safargi yigʻilishi ham yomgʻirsiz chaqmoq boʻldi… Ular qoralash va norozilik bildirishdan boshqa hech narsa qilisha olmadi. Biroq, biz musulmonlar, butun islomiy yurtlarda, xususan, Turkiya shaharlarida bir haftalik muddat davomida maydonga tushganmiz, shu maydonlardan turib, qoʻmondon va hukmdorlarni bosqinchi yahudiylar davlatiga barham berish va ularni muborak zamindan quvib chiqish uchun armiyalarni harakatga keltirishga daʼvat qilmoqdamiz.

Biroq ular islomiy xalqlar ovoziga quloq solishmadi, balki, odatdagidek, oʻz xoʻjayinlariga quloq solishdi. Ular hatto hayo ham qilib oʻtirmay, Trampning bu qarori Amerika manfaatlariga ziyon keltirayotgan “ekstremizm” va “terrorizm”ni yanada kuchaytirib yuborishidan ogohlantirishdi… Keyin ular foydali ekanini oʻz hayotiy tajribalarida sinab koʻrgan, tinchlik va xalqaro qonun iborasini tinmay javrashdi. Tabiiyki, bu Amerika rahbari Trampga moydek yoqadi. Chunki Amerika ayni mugʻambirlik oʻyinini qayta boshlab, yana Falastin masalasini kun tartibiga qoʻyishni hamda ikki davlat yechimi uchun xalqaro asos yaratishni istamoqda.

Yakuniy bayonotda yana bunday soʻzlar kelgan: “Biz ikki davlat yechimi asosiga qurilgan odil va kengqamrovli tinchlikka amal qilishimizni hamda asosiy xalqaro manbalarga, 2002 yilgi Arab davlatlarining asosiy tinchlik tashabbusiga, Makkai Mukarramada 2005 yili strategik tanlov sifatida oʻtkazilgan favqulodda islomiy sammitga muvofiq, Sharqiy Quddusni Falastinning poytaxti ekanini taʼkidlaymiz”.

Ey rahbarlar!

Sizlarga shu savolni bermoqchimiz: Mutakabbir Tramp qaroridan soʻng siz Quddusni ikki qismga boʻlish yechimini topdingizmi? Yechimni 1967 yildagi hududda yahudiylar davlatini tan olishda, deb bilyapsizmi? Nahotki, millionlagan armiyasi bor boʻlgan 57ta davlatga ega boʻla turib yahudiylar davlatiga barham berish va ularni Falastindan quvib chiqish toʻgʻrisida qaror qabul qilolmadingiz?! Nahotki, tantanali paradlar uchun tuzganingiz shuncha islomiy armiya ushbu qizil chizigʻingizni mudofaa qilolmasa?! Hech shubha yoʻqki, Islomiy Hamkorlik tashkiloti qabul qilgan bu qarorlardan, uning Falastinni ikkiga boʻlishdek amerikacha yechimga aloqador tashkilot ekani yaqqol koʻrinib turibdi. Shuning uchun sizlar hargiz Aqso himoyachilar boʻlolmaysiz, hargiz bu shaklda Quddusni yahudiylar davlati hukmronligidan ozod etishga qodir boʻlolmaysiz. Chunki siz atigi AQSh va yahudiylar davlati bilan munosabatingizni uzishga ham yaramaysiz.

Ey musulmonlar!

Bunday norozilik bildirib, qoralab qoʻyadigan hukmdorlar toʻdasidan mutlaqo foyda yoʻq. Chunki ular xoʻjayinlari manfaatini himoya qilishdan boshqa narsaga yaramaydilar… ular Falastinni bosqinchilar qoʻlidan ozod etishlari u yoqda tursin, hatto Quddusni topshirib yuborishdan ham uyalishmadi. Bu hukmdorlarning hammasini yigʻsangiz ham, bitta xalifa Abdulhamidga barobar boʻlolmaydi.

Bugun shu narsa yana bir bor oʻz isbotini topdiki, Quddus va Falastinni faqat Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasidagina ozod etish mumkin. Bas, shunday boʻlgach, ey musulmonlar, keling ushbu masalani birgalikda hal qilaylik!

Hizb ut-Tahrirning Turkiyadagi matbuot boʻlimi

Web: www.hizb-turkiye.org

E-Mail: bilgi@hizb-turkiye.org

Izohlar yo'q