Xitoy hukumati Islom va musulmonlarga qarshi kurashda ishton va soch turmaklarigacha yetib keldi

0
1220

Xitoy hukumati Islom va musulmonlarga qarshi kurashda ishton va soch turmaklarigacha yetib keldi

 Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni rasmiylari separatistik kayfiyatdagi musulmon uygʻurlarni aniqlash uchun diniy ekstremizm alomatlarining kengaytirilgan roʻyxatidan foydalana boshladilar, deya xabar beradi Radio Free Asia radiosi.

 Nomoz paytida qoʻlini koʻksiga qoʻyayotgan yoki sochini xina bilan boʻyagan, uyda katta miqdorda oziq-ovqat zaxirasi saqlayotgan, masjiddan tashqarida nomoz oʻqigan, soatni oʻng qoʻlda taqadigan, shimining pochasi oshigʻidan yuqorida kesilgan, erkak boʻlishiga qaramay sochini uzun qilib oʻstirgan va shunga oʻxshash boshqa alomatlarni namayon qilayotgan odamlar hibsga olinishi mumkin. Oldin bu roʻyxatda 75 ta alomat qayd etilgan edi, hozir ularning soni nechtaga yetgani borasida radio aniqlik kiritmayapti.

 “Ularning u yerda qanaqadir tashkiloti bor, ular biri-birlarini xinaga boʻyalgan sochidan taniydilar. Aks holda ular bu ishlarni qilmagan boʻlardilar”, – deya bildirdi Xitoy kommunistik partiyasining Xoʻtan okrugi boʻlimining kotibi.

 “Agar kishi partiya vakili bilan salomlashmasa yoki u spirtli ichimliklar ichmasa – bularning hammasi diniy ekstremizmning alomatlaridan hisoblanadi”, – dedi boshqa partiya xodimi.

Turkiston:

Xitoy hukumatining Sharqiy Turkistondagi uygʻur musulmon birodarlarimizga qarshi olib borayotgan bunday vahshiyona repressiyasini butun dunyodagi millionlab musulmonlar koʻrib-eshitib, hech narsa qilmayapti. Nega shunday?! Negaki, bu millionlagan musulmon tarqoq boʻlib, bitta davlatda jamlanmagan, qoʻldan boy berilgan roshid Xalifalik boʻlmish Islom davlati ostida birlashmagan.

 Holbuki, har bir qodir musulmonga ushbu davlatni qayta barpo etishga harakat qilish va ishlarni oʻz oʻrniga qoʻyadigan, musulmonlarni himoya qilib, ularga qalqon boʻladigan bitta imom-xalifa saylashi farzdir. Sahihi Buxoriyda Abu Hurayra roziyallohu anhu  Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilgan:

 الإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَي بِهِ

“Xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi” (Imom Muslim rivoyati).

Qachon ushbu Xalifalik davlati barpo boʻlsa, Xitoy va boshqa mustamlakachi davlatlar bitta musulmonga ham ozor yetkazishga botinolmay qoladi, chunki ular bu oʻzlariga juda qimmatga tushishini biladilar, Allohning qudrati kengdir.

Izohlar yo'q