Valiahd shaxzoda: Saudiyada radikal Islomga chek qoʻyamiz!

0
1153

Valiahd shaxzoda: Saudiyada radikal Islomga chek qoʻyamiz!

Saudiya Arabistonining Valiahd Shahzodasi Muhammad bin Salmon Saudiya hukumati radikal Islomiy fikrlarni darhol yoʻq qilib, 1979 yildan avval boʻlgani kabi “moʻʼtadil Islom”ga qaytishini bildirdi. Salmon bu haqida poytaxt Riyodda 60 davlatdan 2500 kishi ishtirok etgan “investitsiya kelajagi” forumida soʻzlagan nutqida aytib oʻtdi.

Mamlakatda ayollarning mashina haydashiga ruxsat berilishi kabi soʻngi paytlarda yuzaga kelgan oʻzgarishlar sabablari haqida berilgan savolga ibn Salmon “Saudiya 1979 yildan oldin bunday emas edi. Bir qancha sabablarga koʻra 1979 yildan soʻng Saudiya Arabistoni va butun mintaqada uygʻonish loyihasi tarqaldi”, deb javob berdi. Salmonning taʼkidlashicha, u “Zararli”, deb tasvirlagan gʻoyalar 1979 yilning boshlarida “diniy uygʻonish” loyihasi doirasida Saudiya Arabistoniga kirib kela boshlagan.

Saudiya Arabistonidagi yoshlarning 70 foizi 30 yoshgacha boʻlganligini va hayotining qolgan 30 yilini radikal gʻoyalar bilan shugʻullanib yoʻqotmasliklarini bildirgan Salmon Saudiya soʻnggi davrda aniq qadamlar tashlaganligini va yaqin orada radikalizmni yoʻq qilishini qoʻshimcha qildi.

“Urf-odat va anʼanalarimizni aks ettirgan bagʻrikeng dinimizga amal qilib hayot kechirishni istaymiz. Dunyo bilan birga yashab, mamlakatimizning va jahonning rivojiga hissa qoʻshishni istaymiz”. “Biz avvalda boʻlgani kabi butun dunyoga, anʼanalarga, xalqlarga va dinlarga ochiq boʻlgan moʻʼtadil Islomga qaytmoqdamiz”, dedi Shahzoda.

Saudiya Arabistonida yaqinda bir qator qarorlar qabul qilinib, birinchi marta davlatga oid madaniyat kanali orqali kontsert qoʻyilgan edi.

Turkiston:

Kufr olami musulmonlarni haqiqiy Islomdan chalgʻitish maqsadida “ekstremistik Islom”, “radikal Islom”, “moʻʼtadil Islom”, “anʼanaviy Islom” kabi atamalar bilan Islomni oʻzlari istagan shaklga solmoqchi boʻlyapti. Bu bilan hayot ishlarini boshqarishga oid siyosiy nizomi hamda axloqiy, ijtimoiy va iqtisodiy muolajalari bilan olamdagi boshqa har qanday nizomdan mumtoz boʻlgan haqiqiy Islomni yoʻq qilib, uning oʻrnini boshqaruvdan uzoqlashtirilgan, Gʻarbga moyil “chala Islom” bilan toʻdirishmoqchi boʻlishyapti. Gʻarbning asosiy dardi Islomning boshqaruv nizomi sifatidagi fikratini musulmonlar ongidan uzoqlashtirishdir. Yaʼni Islomni Gʻarb saqofatiga, hayot haqidagi tasavvurlariga va yashash tarziga moslashtirishga urinish hamda Gʻarbning demokratiya, dinlar oʻrtasidagi suhbat kabi loyihalarini musulmonlarga tiqishtirishdir. Chunki aslida hech qanday “ekstremistik Islom”, “radikal Islom”, “moʻʼtadil Islom”, “anʼanaviy Islom”  degan narsaning oʻzi yoʻq, faqat Robbul olamin nozil qilgan Islomgina bor xolos.

Izohlar yo'q