AQSh Afgʻonistonda yangi amaliyot boshladi

0
850

AQSh Afgʻonistonda yangi amaliyot boshladi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) Afgʻonistonda yangi jarayon uchun birinchi qadam, yaʼni Tolibon aʼzolarini nishonga olgan yangi amaliyot boshlaganligini eʼlon qildi. Bu haqida AQSh matbuoti xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, Prezident Donald Tramp 16 yillik urushni tugatish uchun MRBga “toʻliq vakolat” bergan. MRBga qarashli boʻlinma mamlakatda keng koʻlamli amaliyotlar oʻtkazadi va “Ovla va oʻldir” amaliyotini olib boradi.

MRB rahbari Mayk Pompeo oʻtgan hafta bergan bayonotida AQSh Tolibonni Qobul hukumati bilan muzokara stoliga jalb qilish uchun avvalo ularni jang maydonida zayiflashtirish kerakligini bildirgan edi. Mayk Pompeoning strategiyasi AQSh prezidenti Donald Trampning 21 avgust kuni Amerika xalqiga eʼlon qilgan asosiy siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

“Prezident (Tramp) buni aniq koʻrsatib oʻtdi. Tolibonni Afgʻonistonda muzokaralar stoliga olib kelish uchun qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qilamiz”, dedi Pompeo tahlil markazida qilgan nutqida.

Nьyu-York Times gazetasi tarqatgan xabarga koʻra, MRB Afgʻonistonga yuksak tajribaga ega masʼullar va yollanma askarlarni yuboradi. Amerika ommaviy axborot vositalarining maʼlum qilishicha, ushbu guruh afgʻon rasmiylari bilan hamkorlikda ish yuritadi. MRB guruhi rasmiy Amerika qoʻshinlariga qoʻshilmaydi.

Oʻtgan yoz oylarida AQShning yangi Afgʻoniston strotegiyasi va Trampning Afgʻonistonga qoʻshimcha askar yuborishga hozirlik koʻrayotgani haqida shov-shuvlar tarqagan edi. Bu haqida 16 avgust kuni Hizb ut-Tahrirdan kelgan javobda Amerika jangni kuchaytirish maqsadida Afgʻonistonga qoʻshimcha kuchlarni joʻnatishi ehtimoldan yiroqligi va garchi yuborsada, harbiy maqsadda emas, balki Tolibonni afgʻon hukumati bilan muzokara oʻtkazishga jalb qilish uchun yuborishi haqida aytilgan edi.

Izohlar yo'q