Rossiya xavfsizlik xizmati Qrimda musulmonlarni qamoqqa olmoqda

0
496

Rossiya xavfsizlik xizmati Qrimda musulmonlarni qamoqqa olmoqda

Rossiya xavfsizlik xizmati (FSB) Qrimda terrorizmga qarshi kurash bahonasida reyd uyushtirib, erta tongda musulmonlarning uyiga bostirib kirdi. Reyd chogʻida olti kishi Rossiyada taʼqiqlangan Hizb ut-Tahrir uyushmasiga aʼzolikda ayblanib qoʻlga olindi. Aytilishicha, bosqinchilar tintuv jarayonida musulmonlarga qoʻpol muomala qilgan. Advokatlarga izn berilmagan, telefon va internet aloqalariga toʻsiq quyilgan va butun shahar oʻrab olingan.

“Rossiyada taqiqlangan Hizb ut-Tahrir uyushmasining Bahchasaray tumanidagi harakatlariga nuqta qoʻyildi”, deyiladi FSBning mazkur masala boʻyicha bergan bayonotida.

Rus bosqinchilari tarafidan qamoqqa olingan Hizb yigitlari qoʻllariga kishan taqilgan va boshlariga qop kiygizilgan holda mahkamaga olib chiqilgan. Bu haqida advokat Edem Semedlayyev maʼlum qildi. Mahkama ular ustidan qamoqda saqlash haqida hukm chiqardi. Rus matbuot organlari esa goʻyo xavfli terrorchilar qoʻlga olingani haqida xabar tarqatdi.

Qamoqqa olinganlarning turmush oʻrtoqlari bu nohaqliklar haqida bayonot bilan chiqishdi. Ularning taʼkidlashicha, Rossiya hukumati turli bahonalar bilan aybsiz insonlarni qamoqqa olmoqda.

“Bizning qoʻrqadigan joyimiz yoʻq. Chunki biz hech qanday jinoyat qilmadik. Shuning uchun xotirjamlik bilan harakat olib boryapmiz. Yashiradigan narsamiz ham yoʻq, oʻzimizning ham yashirinishimizga hojat yoʻq. Soʻroq davomida men ularga shunday dedim: Bir kun kelib, ular qilgan ishlari uchun uzr soʻraydilar, lekin unda kech boʻlgan boʻladi! Juda kech! Mening bu soʻzlarim faqat his-tuygʻularimni izhor qilgan soʻzlar emas. Rossiyaning boshqaruvi ostiga tushib qolgan Qrimda menda hech qanday his-tuygʻu qolmadi. Zero bu hukumat qoʻrqoq va ahdida turmaydigan hukumatdir. Rahmli Zot Allohning oʻzi sizni hisob-kitob qiladi”, deydi qamoqqa olinganlarning turmush oʻrtogʻlaridan biri.

Izohlar yo'q