Atambayev: AQShning Oʻzbekistonga harbiy texnika yetkazib berish qaroridan shokka tushganman

0
864

Atambayev: AQShning Oʻzbekistonga harbiy texnika yetkazib berish qaroridan shokka tushganman

 “Obama menga juda yoqardi, biroq AQSh hukumati va uning Davlat departamenti harakatlaridan shokka tushganman”, – dedi Almazbek Atambayev Nьyu-Yorkka amalga oshirgan tashrifi chogʻida Time jurnaliga bergan intervьyusida.

 “2014 yilda Oʻzbekistonning marhum prezidenti Islom Karimov: “Ehtimol, mintaqada urush boʻladi” degan edi. Shundan soʻng oradan toʻrt oy oʻtib AQSh Oʻzbekistonga 328 ta zirhli avtomashina taqdim etdi. Qoʻshma Shtatlar Qirgʻizistonga sarmoyalar kiritmagan hamda yordam bermagan. Oʻzbekiston esa har birining qiymati yarim million dollardan ortiq boʻlgan 328 ta zirhli avtomashinani oldi”, – degan Atambayev.

 “Roʻy bergan holatdan soʻng bizga davlat kotibi Jon Kerri tashrif bilan keldi, hamda men undan ular demokratiya haqida shunday bayonotlar berib, nima uchun bunday qilishgani bilan qiziqdim. Men olti yil davomida prezident boʻldim, hamda AQSh tomonidan – xalqi emas, balki hukumatidan shunday munosabatni har doim koʻrganman”, – dedi Qirgʻiziston prezidenti.

 “Qirgʻizistonga demokratik rivojlangan davlatni qurishdagi moliyaviy yordam musulmonlar dunyosi uchun yaxshi namuna boʻlardi, hamda ancha arzonroqqa tushardi”, – degan Almazbek Atambayev.

 “AQShga jahondagi demokratiya kerak emas. Men buni tushungach, juda ham afsuslandim. Mening Obamadan hafsalam pir boʻldi. AQShning hozirgi prezidenti esa faqat Qoʻshma Shtatlar muammosi bilan shugʻullanishi haqida gapirmoqda”, – deya taʼkidlab oʻtgan prezident.

Turkiston:

Ha, AQSh va YeI Qirgʻizistonga unchalik eʼtibor bermay qoʻyishdi. Natijada Qirgʻizistonga Rossiya ham avvalgidek jiddiy eʼtibor bermay qoʻydi. Chunki Rossiyaga qarshi Qirgʻizistonni mustamlaka qilish uchun raqobatlashadigan quvvatlar yoʻqolib boryapti.

Oxirgi BMTning sammitida Qirgʻizistonga va uning prezidentiga yaxshi munosabat va qiziqish bilan qarashmadi. Atambayev esa, moliyaviy koʻmak beruvchi biror buloq topishdan umidvor edi. Qirgʻiziston mustamlaka oʻlka ekanligidan, mustamlakachi davlatlar unga hamisha oʻz manfaatlari nazari bilan qarashadi. Bu manfaatlar ular oʻrtalarida talash boʻlib, ular uchun qanchalik muhim va zarur boʻlishiga qarab, mamlakatni bir biridan tortib olish uchun harakatlar kuchayadi. Qirgʻiziston singari qoloq va qashshoq davlatlar esa, shu raqobatda bir oz boʻlsa ham oʻzini toroziga solib, har ikki tomonning biridan, baʼzida har ikkisidan sadaqa singari biror moddiy manfaat undira olishga erishib qolishi mumkin boʻladi. Atambayev AQShning Qirgʻizistonga beyetibor boʻlib qolganligidan xafa boʻlyapti.

Izohlar yo'q