Rossiya Ostona uchrashuviga ishtirok etgan muxolif guruhlarni hujumga tutdi

0
483

Rossiya Ostona uchrashuviga ishtirok etgan muxolif guruhlarni hujumga tutdi

14-15 sentyabr kuni boʻlib oʻtgan Ostona uchrashuvida Suriyaning Idlib shahri Turkiya, Rossiya va Eron davlatlarining kafilligi ostida  “xavfsiz hudud” sifatida eʼlon qilingan edi. Shunday boʻlsa-da, Rossiya Ostona qarorlariga rioya qilmagan holda oxirgi haftada Idlib shahridagi maktablar, shifoxonalar, favqulodda vaziyatlar markazlari va oddiy aholining uy-joylarini tinimsiz hujumga tutdi. Hayotdan koʻz yumgan va vayronalar ostida qolganlarning barchasi yosh bolalar, ayollar va tinch aholi vakillaridir, ularning aniq soni maʼlum emas.

Idlib aholisi vayronalar ostida qolib halok boʻlar ekan, ommaviy axborot vositalari har doimgidek, sukut saqlashda davom etmoqda. Hatto Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Anqarada rasmiy marosim bilan kutib olib, mehmon qilayotgan paytda ham Idlibda Musulmonlar qirgʻini davom etayotgan edi. Ayniqsa, rus havo hujumida Ostona uchrashuvida ishtirok etgan muxolif guruhlarning nishonga olinishi eʼtiborga molikdir.

Suriya inqilobiga chek qoʻyish maqsadida amalga oshirilayotgan Jeneva va Ostona uchrashuvini qoʻllab-quvvatlamaslik va tan olmaslik borasida bir qancha ogohlantirishlarga qaramay, uchrashuvga muxolifatdan vakil sifatida ishtirok etgan Faylak ush-Shom guruhining Mardik shahridagi harbiy markazi rus samolyotlarining havo hujumlariga uchradi. Hujumlarda guruhning kamida 40 nafar jangchisi qurbon boʻldi.

Uning ortidan Ostona uchrashuvining tarafdorlaridan yani biri Suqurush ush-Shom guruhi hujumga uchradi. Guruh rahbari rus hujumidan soʻnggi onlarda zoʻrgʻa jonini qutqarishga muvaffaq boʻldi.

Ostona uchrashuvida qabul qilingan qarorlardan soʻng, Rossiya masolyotlarining uchrashuvga ishtirok etgan muxolif guruhlarni hujumga tutishi kafil davlatlarning asl basharasini ochib tashladi. Shuningdek, Erdogʻan “aziz doʻstim”, deya qadrlayotgan Putinning tashrifi chogʻida ham “xavfsiz hudud” deb eʼlon qilingan Idlibning tinch aholisiga qaratilgan hujumlar Musulmonlarning haqiqiy rahbarga (Xalifaga) oʻta muhtojligini va hozirgi rahbarlarning naqadar xoin ekanligini koʻrsatmoqda.

Bir teshikdan bir necha bor chaqilish bu Islom Ummatini holdan toydirdi.

Izohlar yo'q