Oʻzbekiston Jahon bankidan 1 milliard dollar qarz oladi

0
882

Oʻzbekiston Jahon bankidan 1 milliard dollar qarz oladi

 Oʻzbekiston hukumati soʻmning devalьvatsiyasi oqibatlarini yumshatish maqsadida real sektor va ijtimoiy soha uchun bir milliard dollar miqdorida mablagʻ oladi, deb xabar berdi “RIA Novosti” vaziyat bilan tanish manbaga asoslanib.

 “Hukumat va Jahon banki noyabr oyida byudjetni qoʻllab-quvvatlash uchun 1 milliard dollar miqdoridagi qarz shartlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda”,- dedi agentlik suhbatdoshi.

 Uning aytishicha, mablagʻ ijtimoiy sohada devalьvatsiya oqibatlarini yumshatish va real sektorga yoʻnaltiriladi.

 Qarz shartlari 2018 yilning birinchi choragida kelishilishi rejalashtirilgan va yilning ikkinchi yarmida JB direktorlar kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi, dedi manba. Uning bildirishicha, Oʻzbekiston prezidentining AQShga safari davomida Jahon bankidan mablagʻ olish borasida kelishuvga erishilgan.

Izohlar yo'q