Putin Qirgʻizistonda Rossiya aviabazasi nega joylashtirilganiga izoh berdi

816
0

Putin Qirgʻizistonda Rossiya aviabazasi nega joylashtirilganiga izoh berdi

 Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Ala-Too 24” telekanaliga bergan intervьyusida, Qirgʻizistonda Rossiya aviabazasining joylashtirilishiga nima sabab boʻlganini tushuntirib berdi. Uning aytishicha, bunga respublikaning geografik jihatdan joylashuvi turtki boʻlgan.

 “Qirgʻizistondagi Qantda Rossiya aviatsiya bazasining borligi tasodifiy emas”, – deya taʼkidlab oʻtgan Putin.

 Putinning soʻzlariga koʻra, Qirgʻiziston – “aholi jihatidan juda ham katta boʻlmagan, biroq geografik nuqtai nazardan juda qiziq davlatdir” hamda “qaysidir maʼnoda hattoki muhim pozitsiyaga ega”.

 Putinning qoʻshimcha qilishicha, respublika oʻz vaqtida Sovetlar Ittifoqi davlatining mudofaa imkoniyatlarini saqlab qolish va oshirishda katta oʻrin tutgan.

Turkiston:

 Putin Qirgʻizistonga muhim strotegik hudud deya baho berdi. Qantdagi harbiy bazasini Qirgʻizistonni tashqi xavf xatarlardan saqlab turish uchun emas, aynan xalqaro siyosatda taʼsir quvvatiga ega boʻlgan mustamlakachi davlatlardan saqlab qolish uchun qurganligini va shu orqali mamlakatni harbiy mustamlaka qilib olganini aytdi. Yiliga hech boʻlmaganda bir necha yuz million dollar toʻlab turadigan “Gansi” aviabazasidan Rosiyaning Qantdagi aviabazasining deyarli farqi yoʻq. Boʻlgani ruslar ziyondan boshqa narsa keltirishmaydi. Maqsadi esa, AQShnikidan deyarli farq qilmaydi, yaʼni strotegik muhim hududni harbiy quvvat bilan egallab turishdiro.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.