NATO va AQSh Kiyevga norasmiy tarzda qurol yetkazib bermoqda

0
511

NATO va AQSh Kiyevga norasmiy tarzda qurol yetkazib bermoqda

 “RIA Novosti” nashrining “Donetsk xalq respublikasi” tezkor qoʻmondonligi qoʻmondoni oʻrinbosari Eduard Basuringa maʼlumotiga asosan xabar qilishicha, NATO va AQSh anchadan beri ukrainalik kuch tuzilmalar xodimlariga noqonuniy ravishda qurol-yarogʻ yetkazib bermoqda.

 “AQSh va NATO qurol-yarogʻ hamda oʻq-dorilarni Ukraina qurolli kuchlariga noqonuniy ravishda yetkazib berishni anchadan beri amalga oshirmoqda”,- deya taʼkidlab oʻtgan Basurin.

 Basurinning iddao etishicha, Kiyev Bolgariyada ishlab chiqarilgan RPG-7 parchalanuvchi granatalarni olgan hamda ular 31 iyulga oʻtar kechasi Avdeyevka tumanida qoʻllanilgan.

 “Bolgariya NATO davlati hisoblanadi, hamda Ukraina qurolli kuchlari boʻlinmalarida shunday qurol-yarogʻlarning borligi oʻq-dorilar noqonuniy yetkazib berilishining yana bir isboti”,- deya qoʻshimcha qilgan u.

 Avvalroq The Wall Street Journal nashri amerikalik amaldorlar orasidagi manbalarga asosan Pentagon va Davlat departamenti Ukrainaga tanklarga qarshi raketalar hamda boshqa qurol-yarogʻni yetkazib berish boʻyicha reja ishlab chiqqanini xabar bergandi. Taʼkidlanishicha, idoralar Oq uydan tasdiqlovni kutmoqda. Oldinroq Tramp Rossiyaning Ukraina boʻyicha harakatlari oʻzgarishiga umid qilayotgani maʼlum qilingan edi.

Turkiston: 

Demak AQSh bilan Rossiya oʻrtasidagi aloqa buzilib borishi bilan, Rossiyaning Ukrainaga qarshi rasmiy bostirib kirib borish ehtimoli ham ortib bormoqda!

Izohlar yo'q