General Doʻstum Afgʻonistonni tark etdi

700
0

Afgʻoniston birinchi vitse-prezidenti Abdu Rashid Doʻstum atrofida boʻlgan kishilar xabariga koʻra, u Turkiyaga davolanish uchun uchib ketgan.

Bundan biroz oldin mahalliy OAVlarda Afgʻonistonning Jauzjan viloyati sobiq gubernatori Axmad Eshchi va general Doʻstum orasida mojaro kelib chiqqani haqida xabarlar paydo boʻlgan edi. Eshchi Doʻstumning tan qoʻriqchilarini uni doʻpposlashda va haqoratlashda ayblagan edi.

Boshqa manbaalarda aytilishiga koʻra, Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani general Doʻstumni majburan mamlakatdan chiqarib yubormoqchi boʻlgan. Bu borada u Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon bilan telefonda muzokaralar oʻtkazgan va general Doʻstum uchun ikki marotaba Turkiyadan samolyot chaqirgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.