Xitoy Afgʻoniston va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida temir yoʻl barpo etadi

1071
0

“Sputnik” agentligi xabar qilishicha, Xitoy Afgʻoniston, Eron va Markaziy Osiyo davlatlari boʻylab yangi temir yoʻlini barpo etishni rejalashtirgan.

“Mazkur qurilishi loyihasi “Bir kamar, bir yoʻl” strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda. Xitoy iqtisodiyoti uchun ushbu loyihani amalga oshirish juda muhim”,- deb taʼkidladi Xitoyning Afgʻonistondagi elchisi Yao Tszin.

“Toʻliq muvaffaqiyatga erishish uchun Afgʻonistonni ushbu dasturga kiritishimiz zarur boʻladi. Afgʻoniston Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo davlatlarini bogʻlovchi muhim boʻgʻin hisoblanadi”,- deb qoʻshimcha qilgan elchi.

Oʻz navbatida, Afgʻoniston jamoat ishlari vazirligi matbuot kotibi Mehdi Ruhoniy Afgʻoniston uchun ushbu mintaqaviy loyihada ishtirok etish juda muhimligini taʼkidlagan. Unga koʻra, tovarlarni tranzit qilishda Afgʻonistonning roli juda katta oʻrin egallashi mumkin.

Afgʻoniston savdo-sanoat palatasi ham ushbu yangi temir yoʻlning qurilishi Afgʻoniston iqtisodiyoti rivoji uchun juda foydaliligini taʼkidlagan.

Turkiston:
Xitoy ichki siyosatida Islom va musulmonlarga qarshi keskin repressiv oʻzgarishlar yasab boryapti. U musulmonlarga nisbatan dunyoda eng repressiv mamlakat boʻlib qoldi, desak xato boʻlmaydi. Shuning uchun Xitoy tashqi islomiy yurtlar bilan uzoq yillar mobaynida amalga oshirib kelgan oʻzining ochiq iqtisodiy mamlakat strotegiyasini oʻzgartirib, ichki islomiy muhitni batamom boʻgʻib tashlash uchun tashqi islomiy muhitlardan ajrata boshladi. Qirgʻiziston va boshqa bir qator mamlakatlar bilan shaxsiy viza berish shartlarini bir tomonlama toʻxtatib, yangicha strotegiya asosida davlatlararo iqtisodiy bitimlarga qattiq eʼtibor qaratyapti.

Buning ustiga Xitoy kapitalistik iqtisod ustiga qurilgan sotsialistik (kommunistik) siyosat bilan hukm yuritib kelayotgan yagona davlat boʻlganligi uchun ham oʻz fuqorolarini Gʻarb saqofatidan ehtiyot qilishga jon jahdi bilan harakat qiladi. U musulmon fuqorolarini Islomdan toʻsib, ularni hatto Quron oʻqish va ramazon roʻzasini tutishdan ham man qilishga oʻtdi. Bunchalik qattiq repressiv harakatlar olib borish bilan bir qatorda, quyi qatlamdagi qashshoq fuqorolarining inqilobiy norozilik harakatlardan chalgʻitish maqsadida, bir oz iqtisodiy kengchilik paydo qilib, ularga moddiy imkoniyatlarni koʻproq qoʻlga kiritishlari uchun erkinlik va sharoitlar ham yarata boshladi.

Natijada ishchilarga toʻlanadigan ish haqqi koʻtarila boshladi. Bu esa, Xitoydan chiqayotgan tovarlar narxiga taʼsir koʻrsatib, xususiy mahsulot ishlab chiqarish tarmoqlari izdan chiqa boshladi. Ular Oʻrta Osiyo mamlakatlari singari yashash darajasi past boʻlgan davlat fuqorolari uchun tovar ishlab berish strotegiyasi asosida shakllangan ishlab chiqarish tarmoqlari edi. Endi Xitoy olamiy iqtisodiy strotegiyasini oʻzgartirmoqchi.

Xitoyning bu olamiy loihasi xalqaro siyosatga taʼsir koʻrsata oladigan barcha davlatlarga ham yoqavermaydi. Shuning uchun bu strotegik ahamiyatga ega boʻlgan loiha amalga oshirilgan taqdirda ham, bu yoʻlni himoya qilish oʻta muammoli boʻladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.