Hukumatning muslima ayollarni qamashdan boshqa ishi qolmadi

0
543

Qirgʻiziston hukumati shu vaqtga qadar Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan jirkanch kurashida asosan musulmon erkaklar bilan kurashib kelayotgan edi. Biroq rasmiy hukumat tomonidan musulmon erkaklarga nisbata koʻrsatilayotgan zulm va bosimlar oʻz natijasini bermay birodarlarimz bu yoʻlda ulkan sabr va matonat namunasini koʻrsatgach, nomard hukumat musulmon erkaklarning hammiyatiga tegish orqali biror fitna chiqarish va shu orqali Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan kurashiga qonuniy tus berish yoʻlini izlay boshladi. Shu sababli ham hukumat 2013-yildan boshlab Islom dunyoqarashi saqlanishi vojib boʻlgan nomus deb eʼtibor qiladigan onalarimiz, opa-singil va qizlarimizning ham oʻzining razil kurashi domiga torta boshladi.

Hukumat oʻzining jirkanch kurashida yosh bolali onalar, nogiron ayollar va xali turmushga chiqmagan yosh qizlarni ham ayab oʻtirmay qamoqqa tashlay boshladi va hatto Qorasuv shahrida ziyofat maqsadida yigʻilgan ayollar oʻtirgan uyga militsiyaning qurollangan maxsus boʻlinmasi bostirib kirib, qonunga xilof ravishda ayollarni olib ketdi. Hukumatning bu razil ishidan gʻazabga kelgan musulmon erkaklar ertasi kuni qoʻllarini bogʻlab IIB binosi oldida “qamash kerak boʻlsa biz erkaklarni qama, ayollardan qoʻlingni tort”, deb norozilik namoyishi oʻtkazishdi.

Qamoqqa olingan vaqtda xali tumushga chiqmagan Zulfiya Omonovaga jarima solingan boʻlsa, 1960 yilning 16 noyabrida tugʻilgan, ikkinchi guruh nogironi, besh farzandning onasi muslima opamiz Qipchakboyeva Sayraxon sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qilindi. 1986 yilning 17 martida Norin viloyatida tugʻilgan, oilali, ikki yosh farzandni onasi muslima singlimiz Oʻrozbekova Gulzina uch yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etildi, 22 yoshli Buruloy Rahmonjon qizi esa qoʻlida uch oylik chaqalogʻi bilan vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga tashlandi…

Ha, Qirgʻiziston hukumati Islom dini va uning qadriyatlariga qarshi olib borayotgan kurashida ojiza ayollarni ham ozodlikdan mahrum etishdan uyalmay qoʻydi. Xususan, 1964-yili tugʻilgan Oʻrinboyeva Donoxon opamizning uyida kuch organlari joriy yilning 15 fevral kuni tintuv oʻtkazib, unga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatishgan boʻlsa, 28 aprel kuni soat 14:00lar chamasida uyidan olib chiqib ketib Qorasuv shahar IIB vaqtinchalk saqlash hibsxonasiga tashladi. Bundan tashqari 1960 yili tugʻilgan Ismoilova Odinaxon opamizning uyida ham 15-fevral kuni tintuv oʻtkazgan kuch organlari uyda topilgan bir nechta kitobni bahona qilib jinoiy ishi qoʻzgʻagan boʻlsa, 25-aprel kuni yashab turgan uyidan olib chiqib ketildi va tergovchi Ulugʻbek Jusupov talabi bilan 48 soatga qamoqqa olindi. Keyinchalik boʻlib oʻtgan sud Ismoilova Odinaxonni ikki oyga qamoqqa olish toʻgʻrisida hukm chiqardi. Sud ishida sudьya Odinaxon opamizning ikki marta insulьt boʻlgani, turmush oʻrtogʻi 1959-yilda tugʻilgan Ismoilov Maʼmurjon Moʻminjonovichni zolim qamoqxonalarida shahid boʻlgani va ikki nafar farzandi qarovchisiz qolayotganini ham hisobga olmadi.

Ismoilova Odinaxon opamiz 2012-yil 2-aprel kuni Qirgʻiziston JKning 299-moddasi bilan ayblanib sudga tortilgan, 2015-yil 13-avgust kuni belgilangan 3 yillik shartli jazo muddati tugagan edi. Navbatdagi qoʻlga olinishida tergovchi Jusupov Ulugʻbek Odinaxon opadan pul talab qilgan. Opa unga pul berishdan bosh tortgani uchun Ulugʻbek qasdma-qasdiga ish tutib, uni ikki oyga qamoqqa olinishiga sababchi boʻldi. Holbuki

Rasmiy hukumat oʻzi olib borayotgan tutriqsiz siyosat ortidan Qirgʻiziston xalqini mana shu kabi poraxoʻr, yulgʻuch, oʻz nafsidan boshqa narsani oʻylamaydigan sudьya, prokuror va tergovchilar qoʻliga topshirib qoʻydi. Bu tergovchi va sudьyalar esa pul berishga qodir boʻlgan ashaddiy jinoyatchi va poraxoʻrlarni ozodlikka qoʻyib yuborib, Islom dinida harom boʻlgan pora berishdan bosh tortgan musulmonlar va ojiza ayollarni qamoqqa tashlamoqda. Oʻz jinoyatlarini jazosiz qolishini aniq bilganlari sababli ham poraxoʻr, taʼmagir tergovchi va prokurorlarga oʻzlari egallab turgan vaqtinchalik lavozimdan boylik orttirish yoʻlida foydalanib, Ummat ustidagi zulmlarini kundan kunga kuchaytirib bormoqda.

Qirgʻiziston hukumati muslima onalarimiz, opa-singil va qizlarimizni shu kabi iflos tergovchi va sudьyalarga topshirib, ularga poraxoʻrlik uchun yoʻl ochib berib, xalq ustidan boylik toʻplashlariga imkoniyat berib kelyapti. Kuch organlari tomonidan sodir etilgan qonun buzilishlari boʻyicha yozilgan va yozilayotgan yuzlab shikoyat arizalariga beporvo qarash orqali kuch organlarini haddidan oshishiga va oddiy xalqqa nisbatan sodir etilayotgan zulmlarni davom etirishlariga keng imkoniyat yaratib bermoqda. Bugungi kunda hukumat suyangan birdan bir tayanch kuch organlari boʻlgani sababli ham ular sodir etgan zulm va adolatsizliklarni koʻrib, bilib tursada oʻzini hech narsa bilmagandek qilib koʻrsatmoqda.

Ey, Qirgʻiziston musulmonlari!
Bizlar rasmiy hukumatning kuch organlariga suyangan holda olib borayotgan zulm va odalatsizliklariga, Islom shariatida saqlanishi vojib boʻlgan nomus deb eʼtibor qilinadigan onalarimiz, opa-singil va qizlarimizning taqdirlariga beparvo qaraydigan, “menga, mening oila axlimga tegmayapti-yu” debeʼtiborsizlik qiladigan boʻlsak, hech qancha vaqt oʻtmay turib bu hukumat ayollarimizning roʻmol va hijoblariga qarshi kurashni boshlaydi. Bu narsa sodir boʻlmasligi uchun biz hozir hukumat yoʻl qoʻyayotgan adolatsizliklar, kuch organlari tomonidan sodir etilayotgan qonun buzilishlarning oldini olishga harakat qilishimiz, ularni ham musulmon degan eʼtibor bilan yaxshilikka buyurib yomonlikdan qaytarishimiz zarur. Aks holda ertaga kech boʻladi.

Rosululloh sallollahu alayhi va sallam aytdilar:“Cizlardan qaysi biringiz biron munkar ishni koʻrsa, uni qoʻli bilan oʻzgartirsin, agar qoʻli bilan oʻzgartirishga qodir boʻlmasa tili bilan oʻzgartirsin, agar unga ham qodir boʻlmasa qalbi bilan inkor qilsin. Bu esa eng zaif iymondir”.

Abdurahmon Odilov Hizb ut-Tahrirning Qirgʻizistondagi matbuot boʻlimi aʼzosi

Izohlar yo'q