Shom Suriyasida toʻkish harom qilingan qonlar toʻkilishda davom etmoqda

0
810

Shanba kuni Halab gʻarbidagi Roshidin mintaqasida 75ta avtobuslar kolonnasiga qilingan hudkush bomba hujumi oqibatida 68 nafari yosh bola boʻlgan qariyb 125 nafar inson halok boʻldi. Halok boʻlganlarning koʻpchiligi Favʼa va Kafariyo aholisidan boʻlib, avtobuslar ularni oʻzlarining shaharlaridan olib chiqib ketayotgan edi. Suriyadagi inson huquqlarini kuzatish markazi direktoriga koʻra, yuzlab yaradorlar borligi sababli oʻldirilganlar soni ortishda davom etmoqda.

Darhaqiqat, Asad rejimi va uning ittifoqchilari qoʻzgʻolon boshlanganidan beri sulh va yarashuv siyosatini majburan joriy qilib kelmoqda. Ular alamli voqelik haqiqatini yashirish uchun mana shu sulh va yarashuv, degan istilohdan foydalanishyapti. Minglagan tinch fuqarolarni majburiy koʻchirish siyosatiga boʻysundirish uchun toʻxtovsiz bombalash va qamal qilish voqedagi asl haqiqatdir. Rejim 2013 yildan buyon bombardimon va qamal ostidagi shahar va qishloqlar aholisini ikki tanlov orasida, yaʼni yo och qolib qirilib ketish yoki koʻchishga majbur boʻlish tanlovi orasida qoldirib kelmoqda. Oʻtgan yil yakunida Halab aholisidan oʻn minglagan kishini majburan koʻchirilishi ortidan ahvol yanada jiddiylashdi. Ular majburiy koʻchirish oqibatlaridan hamon aziyat chekib kelmoqdalar. Qiyinchiliklarning eng koʻzga koʻringani insonparvarlik yordamlari yetishmasligi va yomon sharoitdagi chodirlarda yashashdir.

Gumburlagan bunday katta portlash bir necha yil qamalda yashashga yoki uylaridan va shaharlaridan chiqib ketishga, yoki oʻsha avtobuslarga minishga majbur boʻlgan bolalar hamda ayollar umriga zomin boʻldi. Toʻrt shahar kelishuviga muvofiq, 2015 yildan buyon qurolli guruhlar tomonidan qamal qilib kelinayotgan Favʼa va Kafariyoning taxminan 16 ming deya koʻrilayotgan barcha aholisini ikki bosqichda koʻchirish belgilangan edi. Buning muqobilida, uch yildan beri rejim hamda Eronning Livandagi Hizbi tarafidan qamal qilib kelayotgan Madaya va Zabadoniy aholisidan xohlaganlarining chiqib ketishi ham belgilangan.

Qamal ostidagi begunoh tinch fuqarolar bir necha yil davomida ikki guruh bir-biriga otib oʻynagan koptok boʻlib keldi. Bu guruhlarning birinchisi kofir Gʻarb davlatlari rejalariga muvofiq siyosiy yechimni amalga oshirishga oʻzlarini garov qilib qoʻygan qurolli guruhlar boʻlsa, ikkinchisi shafqatsiz malay rejim hamda Eron va uning qurolli toʻdalaridir. Zero, qamaldagilarni sulh tuzish nomi ostida ozod qilishni yoki ularni qamal qilib eng oddiy turmush talablaridan ham mahrum qilishni shu guruhlar belgilaydi. Ularning qamaldan ozod boʻlishi koʻplab oilalar uchun majburiy koʻchish va quvgʻin qiyinchiliklarining boshlanishi boʻldi. Qamal va eng oddiy turmush talablaridan ham mahrum qilish esa bolalar, ayollar va qariyalarni ochlikdan oʻlish girdobida qoldirdi.

Shom togʻuti oʻz xalqiga qarshi eʼlon qilgan bu shafqatsiz urushda Suriya ahli fojealarga guvoh boʻlib, qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Bu urush davomida koʻp mintaqalar nizolashuvchi tomonlar tarafidan qamal qilinib, oʻn minglagan tinch fuqarolar majburan koʻchirildi. Shuningdek 2011 yildan beri bu urushda 320 mingdan ortiq kishi nobud boʻldi va millionlagan kishi yurt ichkarisi va tashqarisida boshpanasiz qoldi. Bundan tashqari minglagan kishi bedarak yoʻqolib, qamoqqa olindi.

Amerika boshchiligidagi dunyo davlatlariga bolalarimiz qoni toʻkilishi va ayollarimiz quvgʻin qilinishi yetarli boʻlmadimi?! Ular bir tomondan koalitsiya tuzib, Shom ahliga temir qoʻllari bilan zarba berayotgan boʻlsa, boshqa tomondan, xuddi hech narsa yuz bermagandek muzokara stoliga oʻtirishga chaqirishyapti. Qolaversa qirgʻinlar, portlatishlar, maydonda janglarni kuchaytirish va hujumlarni koʻpaytirish hokimiyat ustida nizolashuvchi turli tomonlar uchun oddiy oʻyinga aylanib qoldi. Ular raqibiga shartlarini oʻtkazib, uni boʻysundirishda shulardan foydalanishyapti.

Nahotki, musulmonlar ulamolari va ularning armiyalari Islom Ummati ularga juda muhtoj boʻlib turganini hali ham tushunib yetishmagan boʻlsa?! Ular anavi malay hukmdorlar frontidan chiqib, Ummat frontiga qoʻshilishlari lozimligini hamda Ummatga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib, uni togʻut shariatini emas, balki Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini tiklash orqali Allohning shariatini gʻolib qilish sari yetaklashlari lozimligini tushunib yetishmagan boʻlsa?!

“Dinsizlik hukmron boʻlishini istaydilarmi?! Iymonlari komil boʻlgan qavm uchun Allohdan ham goʻzalroq hukm qilguvchi kim bor?!” [Moida 50]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot
boʻlimi ayollar qismi

Telefon-faks: 00961 1 30 75 94
Uyali telefon: 00961 71 72 40 43
Elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Izohlar yo'q